Prezident Mirziyoyevning "Mard oʻgʻlonlar"i nimaga dalolat qiladi?

Mirziyoyev Image copyright official

"Karimov davrida chet elda oʻqigan, xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlardan bir qoʻrquv bor edi-da. Ularga ishonmaslik, xuddi jamiyatda demokratik toʻntarish qilib tashlaydi, degan qarash bor edi".

"Bugungi kunda esa, Mirziyoyevning asosan chet elda tahsil olgan, chet tilini biladigan, Oʻzbekistonning oʻzidagi chet davlat universitetlarida taʼlim olgan tashabbuskor, tanqidiy fikrlaydigan, jamiyatga bir obʼektiv baho bera oladigan yoshlarga katta eʼtibor qaratayotganini koʻrishimiz mumkin-da", - deydi prezident Shavkat Mirziyoyevning shanba kuni oʻrtaga tashlagan taklifiga munosabat bildirgan yosh oʻzbek ziyolisi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻzbekistonning yangi prezidenti YoIHining shanba kungi qurultoyida bu kabi tashabbus bilan chiqqan.

Bilimi pastlar 62 ming dollar toʻlab oʻqishi mumkin

Jizzaxlik tadbirkor 22 yoshida vazir oʻrinbosari boʻldi

Mirziyoyev: Kamolotchilar koʻcha tozalamasin

Iqtidorli xotin-qizlar uchun koʻzda tutilgan Zulfiya mukofotiga muqobili oʻlaroq, "Endi, turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun ham yangi davlat mukofoti taʼsis etish"ni taklif qilgan.

"El-yurt ravnaqi yoʻlidagi halol xizmat, albatta, oʻzining munosib bahosi va qadrini topishi kerak"ligini taʼkidlagandi.

Ziyoli suhbatdoshimizga koʻra esa, "bu kabi yoshlar Gʻarb davlatlarida koʻrgan, demokratik, yangicha boshqaruv, yangicha bir ishlash uslubini Oʻzbekistonga olib kirishi mumkin".

"Imkon qadar jamiyatni oʻzgartirishga harakat qiladi".

"Masalan, korruptsiyadan xoliroq, bir idealistik, ancha huquqiy bir davlat qurilishida ularning xizmati katta boʻladi".

Oʻzbekistonlik yosh ziyoli suhbatdoshimizga koʻra, "Prezident Mirziyoyev mana shunaqa yoshlarga imkoniyat berib juda toʻgʻri qaror qabul qilayapti".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq