“Тўхтабой” масжиди имоми кетдими, кетказилдими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Toʻxtaboy" masjidi imomi ketdimi, ketkazildimi?

Toshkentdagi "Toʻxtaboy" masjidining imomi Ishoqjon Begmatov imomlikdan isteʼfo bergan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi xodimlar boʻlimi rahbari Abdulmannon Usmonovning BBCga aytishicha, imom 29 iyun kuni "sogʻligi tufayli" ishdan ketish haqida ariza yozgan.

"Meni sogʻligim yaxshi emasligi tufayli Olmazor tuman, "Toʻxtaboy" jomeʼ masjidining imom xatibi vazifasidan oʻz xohishimga koʻra ozod qilib, men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishingizni soʻrayman", deya din ulamosining arizasidan iqtibos keltirdi BBC bilan suhbatda Abdulmannon Usmonov.

Oʻzbekistondagi ayrim nashrlar imomning ishdan ketkazilganini yozmoqda.

Kun.uz nashriga koʻra, imomdan isteʼfosi "Toʻxtaboy" masjidining rasmiy websayti - ummat.uz faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

BBCning Ishoqjon Begmatov bilan bogʻlanishga urinish hozircha natija bermadi.

Diniy idora maʼlumotlariga koʻra, Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida tugʻilgan 47 yoshli Ishoqjon Begmatov (Ishoqjon Muhammad) 1994 yilda Toshkent Islom institutini bitirgan.

2002 yildan boshlab "Toʻxtaboy" jomeʼ masjidiga imomlik qilib kelgan.

Ushbu masjid 1990-yillarda taniqli ulamo Obidxon qori Nazarov imomlik qilgan payt mamlakatdagi diniy markazlardan biriga aylangandi.

2015 yilda Ishoqjon Begmatovning internet va mobil telefonlarini "fitna" degan maʼruzasi bahslarga sabab boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.