"Toshturmadan ukamning jasadi chiqdi"

qiynoq Image copyright Social

Toshkent shahridan Umrboyevlar oilasi oʻtgan hafta Toshkent turmasidan 24 yashar farzandi Jasurning oʻligi chiqqanini aytmoqda. Telegram da tarqalgan murojaatda aytilishicha, bir necha oy burun hibsga olingan Jasur Umrboyev soppa sogʻ boʻlgan. Uning opasi Gulchehra ukasi qiynoqlar tufayli oʻlganini daʼvo qilmoqda.

Gulchehraning murojaatini tinglash uchun YouTube kanalimizga boring.

Gulchehraning aytishicha, ukasi tanasida qiynoq alomatlari saqlanib qolgan va Jasur sud jarayonida qiynoqqa tutilganini aytgan. Rasmiylar Jasur Umrboyevning yurak hurujidan vafot etganini maʼlum qilishgan.

Image copyright Telegram
Image caption Marhum Jasur Umrboyev

BBC Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Toʻlagan Abdullayev bilan bogʻlanishga harakat qildi. Ammo vazirlikda koʻrsatilgan telefon raqamini hech kim koʻtarmadi.

Oʻzbekiston qamoqxonalari va tergov izolyatorlaridan ayblanuvchi hamda mahbuslarning oʻligi chiqishi oldin ham boʻlgan.

Surxondaryolik tadbirkor "IIBdagi qiynoqdan vafot etgan"

"Hozircha qiynoq vaziyati oʻzgarmadi"

Oʻzbekistonda qiynoq taqiqlangan qonun kuchga kirdi

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq