Shimoliy Koreya AQShga ham yetib boradigan ilk raketasini sinagan

Image copyright Reuters
Image caption Shimoliy Koreya dunyoning istagan nuqtasini urishini aytmoqda.

Shimoliy Koreya sinagan "Xvason-14" ballistik raketasi qitʼalaro uchadi va bemalol AQSh hududiga yetib boradi.

Yaponiyalik harbiylarga koʻra, Pxenʼyan sinagan "Xvason-14" Yapon dengiziga qulaguncha 37 daqiqa davomida 930 kilometr uchgan.

Amerikaliklar esa uni oʻrtacha masofadagi raketa deb izohlashmoqda.

Shimoliy Koreya oʻz raketasini Toshkent vaqti bilan tonggi soat 4.40da Pxyonan-Pukto viloyatidagi poligonidan uchirgan.

Shimoliy Koreya Hollivud filmi uchun qasos olmoqchi

Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinadi

Kim Chen Inning akasini kim oʻldirgan?

Yaponiya bu borada allaqachon Shimoliy Koreyaga norozilik bildirdi va ayni amal "tahdid darajasi oshganini koʻrsatadi" deb aytdi.

Shimoliy Koreya endi dunyoning istagan nuqtasini raketa bilan ura olishini urgʻulamoqda.

Prezident Tramp ayni sinovga keskin javob berdi.

"Bu bolaning qiladigan boshqa ishi yoʻq chogʻi" - tvitladi Tramp Kim Chen Inni nazarda tutib.

"Yaponiya va Janubiy Koreya shu boʻlmagʻur narsaga bundan keyin rozi boʻlib oʻtirishlariga ishonish qiyin" - davom etgan AQSh prezidenti.

"Balki Xitoy buni biratoʻlasiga hal qilib qoʻya qolar".

Shimoliy Koreya joriy yil davomida 11 marta raketa sinadi.

Bu sinovlardan, ayniqsa, Janubiy Koreya katta xavotirda.

BMT Xavfsizlik Kengashi esa bir oy oldin Shimoliy Koreyadan qurolsizlanishni talab qilgandi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Bu mavzuda batafsilroq