Oʻzbekistonlik ekspert nigohida kim haq: Mettismi yo Stoltenberg?

Rabbimov Image copyright courtesy

AQSh Mudofaa vaziri va NATO Bosh kotibi 2014 yilgi ommaviy safarbarlik yuzasidan "tortishib qolishgan".

Jeyms Mettisga koʻra, oʻshanda Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib, juda shoshishgan.

Ammo, Yyens Stoltenbergga koʻra, bu - juda toʻgʻri, oʻz vaqtida berilgan qaror boʻlgan.

"Oʻzbekiston Afgʻonistonga qarashini oʻzgartirmoqda"

Mirziyoyev Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil tayinladi

Ikkovlon oʻrtasidagi bu kabi fikrlar kelishmovchiligi NATOga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirlarining Bryusseldagi soʻnggi sammiti ortidan uyushtirilgan matbuot anjumani chogʻida kuzatilgan.

2011 yilda Oʻzbekistonga bevosita chegaradosh Afgʻonistondagi AQSh harbiylarining soni 100 mingdan ortgan.

Suhbat tafsilotlari videolavhamizda.

Gʻarb boshchiligidagi ittifoq qoʻshinlarining 2014 yilgi ommaviy safarbarligi ortidan esa, Afgʻonistonda 13 yarim mingga yaqin xorijiy askar qolgan.

Ulardan aksariyatini yaqinda qayta jangovar amaliyotlar olib borish huquqini qoʻlga kiritgan Amerika askarlari tashkil etishadi.

Respublikachi prezident Donald Tramp boshchiligi ostidagi yangi AQSh maʼmuriyati va NATO hozirga kelib, Afgʻonistondagi qoʻshinlari sonini yana bir necha mingtaga oshirmoqchi.

Ammo shuncha katta sondagi xorijiy ittifoq qoʻshinlarining 13 yillik hozirligi ortidan ham, afgʻon mojarosi na-da harbiy va na-da siyosiy yoʻlda yechim topgan.

Oʻtgan uch yil davomiyda esa, Afgʻoniston qayta zoʻravonliklar girdobiga botgan.

Butun mamlakat boʻylab toliblar qayta faollashishi barobarida Yaqin Sharqdagi IShID guruhi ham Afgʻonistonga har tomondan sizib kirishga muvaffaq boʻlgan.

Shunday ekan, 2014 yilgi ommaviy safarbarlikka bergan baholarida kim haq? - AQSh Mudofaa vazirimi va yoki NATO Bosh kotibi?

BBC Oʻzbek Xizmati xuddi ana shunday savol bilan Frantsiyadan asli oʻzbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga murojaat qildi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq