Oʻzbekistonda oʻzgarish epkinlari esmoqdami?

Yoshlar Image copyright Gazeta.uz
Image caption Yoshlar

Hammasi birdaniga ikki yosh (juda ham yosh Oʻzbekistondagi mulozimlar manzarasida) yigitning anchayin katta lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlandi...

Tabiiyki, kimdir qoʻrqdi, kimdir oʻz kursisiga mahkam yopishdi va yana kimdir qadim bir maqolni esladi...

Maqol somonxona haqida edi.

Ammo boshqalar Choʻlponni xotirlashdi.

Ayniqsa, "Bu emish bilgi, fan, xunar asri, Bu emish yuksalan bashar asri", degan satrlarini…

"Oʻgʻlimning vazir oʻrinbosari boʻlganini vazirdan eshitdim"

Prezident Mirziyoyevning "Mard oʻgʻlonlar"i nimaga dalolat qiladi?

Aksariyat ijtimoiy tarmoqlarda bahsga kirishishdi.

Alisher Saʼdullayevni Xalq taʼlim vaziri oʻrinbosarligiga va Olimjon Tuychiyevning Oʻzbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlangani ana shu bahslar markazida edi.

Bir guruh foydalanuvchilar yangi mulozimlar hali yosh va ularning hech qanday tajribasiz bunday lavozimlarda ish yuritishi qiyin kechishini tahmin qilishgan.

Sayora Mamedova: "Toʻliq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, taʼlim tizimida bir kun ham ish yuritmagan kishini taʼlim vaziri oʻrinbosari etib tayinlanishi paradoksdir!" deb aytgan boʻlsa, Shomansur Tashpulatov "albatta ularga omad tilayman. Ammo, ular sinib qolishlari mumkin muammo shunda!. Oʻzingiz oʻylab koʻring, agar haqiqattan ham ular tanishlari tasvirlayotgandek boʻilishsa, hech boʻlmasa ikki kishini ustidan boshqaruv tajribasiga ega boʻlmagan inson vazirlikda butun bir yoʻnalishni boshqara oladi??? Bundan tashqari, vazirlikda 10-15 yildan beri ishlab kelayotkan kichkina odamlar ularga hech qanday yordam koʻrsatmaydilar, degan fikrdaman".

Image copyright Internet
Image caption Yosh mulozimlar

Boshqa bir guruh, "aql yoshda emas, boshda"degan qarashda sobit.

Kan Sergey: "Hech ham erta emas, shunchaki tajribalari kamroq. Anavi tajribali amakilarni siltab ish qilishga majburlash kerak. Boʻlmasa hammasi zoye ketadi".

Baxrom Babadjanov: "Nimaga tayinlanmasin ekan.. Makedonskiy 20 yoshida imperator boʻlgan va 25 yoshida dunyoni yarimini bosib olgan… Bizning Manguberdi 21 yoshida Horazmshoh boʻlgan va moʻgʻullarni titratgan..."

Dildora Mirsabitova: "Prezident yosh mutaxassislardan tashkil topgan jamoa tuzayapri. Bu bekorga qilinmayotgan boʻlsa kerak. Ular hali yosh, korrupciyaga botqogʻiga botib kemasliklaridan oldin oʻzi uchun hamfikr va tayanch kuchini tarbiya qilib oladi. Balkim bu ishlar yahshiliklarga undab va kelajakda oʻz natijasini beradi".

Mirza-Anvar Abdulla Xamid: "Yoshlarga ishonish Mirziyoyevning tub islohotlar oʻtkazish istagi belgisidir!"

Shahnoza Toʻraxoʻjayeva: "Bu emish bilgi, fan, hunar asri, Bu emish yuksalan bashar asri" (Choʻlpon). Naxot, usha asr keldi? Odam umidlarga toʻlib ketyapti!!!"

Matlyuba Pulatova: "Fakat omad tilaymiz. Iloxim katta uzgarishlarga sababchi bulishadi degan umididamiz. Yaxshi yangiliklar, izlanishlar va xalk uchun yengilliklar kutib kolamiz".

Vasilya Yarashova: "Olimjon Tuychiyev, Turin universitetining bitiruvchisi, oʻzbek tilida muloqot qiladigon birinchi robotni yaratuvchisi, Shuxrat medali sohibi, Iqtidorli yoshlar vakili boʻlib, bir necha bor birinchi prezident Islom Karimov bilan uchrashishga muvaffaq boʻlgan. Bu yerda ayrim bir kishilar aytayotgandek, bu tayinlovda hech qanday tanish bilishchilik yoʻq. Yigitlar faqatgina qurultoyda fikrlarini ilgari surdilar va bu prezident nazariga tushdi va yigitlarga koʻmak koʻrsatildi. Olimjon Turin universitetining faxri. Ishlariga rivoj".

Natalya Irmatova: "Tabriklaymiz, prezident va halq ishonchini oqlaysizlar degan umiddamiz".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Bu mavzuda batafsilroq