"Hamjinsbozlikdan davolatishgani uchun" uzr soʻrashadi, tovon toʻlashadi

Xitoy Image copyright AFP

Xitoy markazidagi mahkama xuddi ana shunday qarorga kelgan.

2015 yil Yu ni ayoli va yaqinlari Xenan viloyatidagi ruhiy xastaliklar kasalxonasiga yotqizishadi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Uni kasalxonada 19 kun "davolashadi", turli ukollar qilishadi, hapdorilar berishadi.

Yo oʻlasan, yo jinsingni almashtirasan

Geylar qurollanmoqda. Siz nima deysiz?

Yaqinlarining zoʻri bilan "davolanish"ga majbur boʻlgan Yu mahkamaga murojaat qiladi.

Mahkama Yu jamiyatga xavf tugʻdirmagani bois, bu - inson huquqlarining buzilishi, deb topadi.

May oyida mahkama Yu ga "jinsiy moyillikning buzilishi" tashxisini qoʻygan kasalxonaga talab bilan chiqadi.

Mahalliy gazeta orqali Yu dan kechirim soʻrashi va $735 AQSh dollari miqdorida tovon puli toʻlashini soʻraydi.

2001 yilgacha hamjinsbozlik Xitoyda davolanishi zarur boʻlgan ruhiy xastalik sifatida koʻrib kelingan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq