"Matiz" yoki "Kaptiva" uchun qoʻlga kitob olasizmi?

Kitoblar

Ayniqsa, bolalar orasida kitobxonlikni yaxshilash - Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev alohida eʼtibor qaratgan yana bir mavzu boʻlgan.

Kamolot" YoIHining soʻnggi qurultoyida soʻzlarkan, prezident Mirziyoyev "koʻplab bolalarning kitobdan uzoqlashib, koʻp vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani - bor gap" ekanini aytgan.

"Farzandlar ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan oʻtgan, yuksak maʼnaviyat xazinasi boʻlgan jahon va milliy adabiyot emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmasliklari"ni urgʻulagan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Ammo Oʻzbekiston rahbari internet va boshqa zamonaviy axborot manbalarining oʻrni va ahamiyatini ham inkor etmasliklarini taʼkidlagan.

"Kamolot" sanʼatkorlarni it qopgandek qopadimi?

Mirziyoyev: Kamolotchilar koʻcha tozalamasin

Shuni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi internet tizimi orqali maʼnaviy targʻibot ishlari, jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirishi zarurligini aytgan.

Shu soʻzlari ortidan, prezident Mirziyoyev aholi orasida kitobxonlik saviyasini oshirish maqsadida butun mamlakat boʻylab har yil maxsus tanlovlar eʼlon qilish gʻoyasini oʻrtaga tashlagan.

"Eng kitobxon maktab", "Eng kitobxon mahalla", "Eng kitobxon oila" tanlovlari gʻoliblari uchun, hatto, Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqarilgan avtomobillarni mukofot tariqasida berishni taklif qilgan.

Shavkat Mirziyoyevga koʻra, "bu - juda katta ragʻbat boʻladi".

Oʻzbekiston prezidenti bu xususda Bosh vazir A.Aripov va Davlat maslahatchisi X.Sultonovga shu masala boʻyicha bir oy muddat ichida taklif kiritish vazifasini ham yuklagan.

Soʻnggi ikki oʻn yillikda mamlakat aholisi oʻrtasidagi kitobxonlikning darajasi va saviyasi bilan bogʻliq ahvol ziyolilarning jiddiy xavotirlariga sabab boʻlib kelayotgan mavzulardan biri boʻladi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamolning BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida aytishicha ham, bu narsa, albatta targʻibot va tashviqot bilan boʻladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq