BBC Oʻzbek Xizmati Toshkentda muxbirlik oʻrni uchun tanlov eʼlon qiladi

BBC Oʻzbek Xizmati Toshkentda muxbirlik oʻrni uchun tanlov eʼlon qiladi
Image caption BBC Oʻzbek Xizmati Toshkentda muxbirlik oʻrni uchun tanlov eʼlon qiladi

BBC bir muddat tanaffusdan soʻng, Oʻzbekistondagi faoliyatini qayta boshlash arafasida.

Sizda BBC Oʻzbek Xizmati jamoasiga qoʻshilish imkoniyati bor.

Biz jurnalistlarimizdan ishga ijodiy yondoshuv, yangi-yangi mavzularni topish, turli-tuman odamlar bilan muloqot va mamlakat boʻylab safar qilishga hozirlikni kutamiz.

Toshkent byurosi muxbiri Oʻzbekistondagi yangilik-voqealarni nafaqat oʻzbekistonliklar, balki dunyo boʻylab oʻquvchi va tomoshabinlarga ham yetkazadi.

Image copyright BBCUZBEK
Image caption BBCUZBEK

Biz Oʻzbekistondagi yangiliklar ichida "qaynaydigan", zamonaviy raqamli texnologiyalar vositasida voqealarni maroq bilan hikoya qilib bera oladigan, xolislikni qadrlovchi va Oʻzbekiston hamda qoʻshni davlatlarning milliy qadriyatlari, ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotidan yaxshi xabardor, koʻp tilli-oʻzbek, rus va ingliz tillarida soʻzlasha va yoza oladigan jurnalistni qidiryapmiz.

Arizalarni topshirish muhlati bugundan boshlab 26 iyulgacha.

Rezyumeni BBCning ish oʻrinlari saytiga topshirishingiz mumkin

(http://careerssearch.bbc.co.uk/jobs/job/Multimedia-Reporter-BBC-Uzbek/22432)

Yoki quyidagi elektron pochta manziliga yoʻllang: uzbek@bbc.co.uk

Bu mavzuda batafsilroq