Prezident Shavkat Mirziyoyevdan nimalarni soʻragan boʻlardingiz?

Shavkat Mirziyoyev Image copyright official

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakat mustaqilligi tarixida ochiq muloqot oʻtkazgan ilk hukumat mulozimi boʻlgan.

Abdulaziz Komilov 5 iyul kuni ikki soat oʻzbekistonliklarning savollariga javob bergan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining ochiq muloqoti videokonferentsiya shaklida boʻlgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Xabarlarga koʻra, Abdulaziz Komilovga Oʻzbekiston ichkarisida boʻlgani qatori chetdagi mamlakat fuqarolari ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishga imkonli boʻlishgan.

Abdulaziz Komilovning ovozini xalq endi eshita boshladimi?

Ochiq muloqot Oʻzbekiston yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", deb eʼlon qilingan bir yilda kuzatilgan.

Oʻzbekistonning yangi rahbari qudratga kelishi ortidanoq amaldorlarni xalq bilan yaqinlashishga undab keladi.

Shunday ekan, prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan oʻzi bilan ochiq muloqot qilish imkoni boʻlganida, siz u kishidan nimalarni soʻragan boʻlardingiz?

Biz Rossiya prezidentining yaqinda uyushtirgan xuddi shu kabi muloqoti manzarasida oʻzbekistonliklarga shunday savol bilan murojaat qilgan edik.

Ular tomonidan turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlaridagi akkauntlarimizda qoldirilgan ayrim javoblarga nazar tashlang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq