"Yubkangiz tizzadan yuqori boʻlmasin!"

Kalta yubkali ayol Image copyright BBC AFRICA

Uganda Jamoat xizmatlari vaziri davlat idora va tashkilotlarida ishlaydigan xotin-qizlarni kalta yubka va koʻkragi ochiq koʻylak kiymaslikka chaqirgan.

Xabar qilinishicha, Jamoat xizmatlari vazirligining ayollar uchun "Kiyinish qoidalari" ishlab chiqilgan va idora-tashkilotlarga tarqatilgan.

Bu "qoidalar"da koʻylak etagining tizzadan yuqori boʻlmasligi, yengsiz kiyim yoki badan koʻrinib turadigan materialdan tayyorlangan koʻylaklarga ruxsat berilmasligi yozib qoʻyilgan.

Shuningdek, ayolning koʻkragi orasi koʻrinmasligi shart, sochning juda yorqin rangga boʻyalishi taqiqlanadi, ishga faqat qora yoki jigarrang poyafzalda borish shart.

Ayollarning kostyum-shim kiyishlariga ruxsat bor, faqat juda tor boʻlmasligi lozim.

Image copyright observerug

Shuningdek, taqinchoqlarning ham meʼyorida boʻlishi talab qilinadi.

"Kiyinish qoidalari"da erkaklar uchun talablar bitilgan.

Xususan, koʻylak va kostyumlar toza, dazmollangan, keng boʻlishi lozimligi, shimlar juda tor boʻlmasligi, sochlar kalta qirqilgan boʻlishi, juda ham yorqin rangdagi kiyimlarni kiymaslik lozim.

Jamoat xizmatlari vazirligi tarqatgan hujjatda "Kiyinish qoidalari" 2010 yildan joriy etilgani taʼkidlangan, biroq shu vaqtgacha qoidalar ijrosiga yetarli eʼtibor qaratilmagan.

Shu kecha-kunduzda Oʻzbekistonda ham yosh yigit-qizlarning zamonaviy kiyinishlari turli bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda, siz bu borada nima deb oʻylaysiz?

Abituriyent - 2017: Hujjat topshirish uchun formada kel!

"Shortikda kelsangiz ichkariga kiritilmaysiz!"

Oliy o'quv yurti talabasi ust-boshi nazorat qilinishi kerakmi?

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq