Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri futbol haqidagi savolga ham javob berdi

Futbol Image copyright Getty Images

Abdulaziz Komilovning xalq bilan ochiq muloqotiga oid xabar manzarasida ayni shu mazmundagi savolning vazirlik matbuot xizmatiga kelib tushgani alohida yangilik boʻlgan.

Oʻzbekistonlik futbol ishqibozlarining nega aynan bu xususda mamlakat tashqi ishlar vaziriga murojaat qilishgani ham qiziqishlarga sabab boʻlmay qolmaygandi.

Shu yilning 16 iyun kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda rasman xabar bergan.

Huquqiy, tashqi siyosat, chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasiga oid bisyor savollar qatorida oʻzlariga futbolga oidi ham kelib tushganini bildirgan.

"Futbol muxlislaridan Oʻzbekiston terma jamoasining oxirgi xalqaro oʻyinlardagi salbiy natijalari boʻyicha yuborilgan murojaat ham, oʻz navbatida, vazirga yetkazilgani"ni maʼlum qilgandi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Vazirlikning ushbu xabari oʻshanda Oʻzbekistondagi deyarli barcha futbol va sportga ixtisoslashgan nashrlarda ham oʻz ifodasini topgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevdan nimalarni soʻragan boʻlardingiz?

Oʻzbekiston mart oyida 2018 yilgi jahon chempionati Osiyo qitʼasi yakuniy bosqich saralash bellashuvlarining ikki muhim uchrashuvini avval Janubiy Koreya, soʻngra Suriyaga boy bergan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining xalq bilan ochiq muloqotiga oid xabarlar manzarasida esa, yana bir muhim oʻyinni Eronga yutqazib qoʻygandi.

Milliy terma jamoaning hal qiluvchi bosqichdagi bu kabi natijalari oʻzbekistonlik futbol ishqibozlarining keskin aks-sadolariga sabab boʻlgan.

Bosh murabbiy Samvel Babayan isteʼfosini talab qiluvchi chiqishlar kuzatilgan, daʼvatlar yangragan.

"Oʻzbekiston prezidenti ham oʻzgarishlar tarafdori" ekani, "yonlarida yana xalq turgani, nolalari Oʻzbekiston rahbariyatiga yetib borishiga umid qilishlari" haqida yozishgandi.

Alal-oqibat, Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Bosh murabbiyni oʻz vazifasida qoldirishga qaror qilgandi.

Futbol toʻgʻrisidagi savolni ham nazardan qochirmagan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri esa, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimovlar kabi oʻz davrining yulduz futbolchilariga toʻxtalgan.

Hozir ham futbolga ishqibozlik oʻsha davrlardagidan deyarli farq qilmasligini aytgan.

Oʻsha "Paxtakor" jamoasining Oʻzbek futbolida qoldirgan merosi hanuz hayot ekanligiga ishonishi va bu meros taqdirlanib, yanada rivojlanishiga umid bildirgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq