"Avtolar narxi Rossiyadagi narxlar bilan bir xil boʻladi"

"Matiz" avtomobili Image copyright carzone.uz

Oʻzbekistondagi avtomobil ishqibozlari GM-Uzbekistan ishlab chiqarish korxonasi rahbari soʻzlarini xush qarshilamoqdalar.

Bu Oʻzbekistonda sotiladigan avtoulovlar narxlarining Rossiya bozoridagi narxlarga tenglashtirilishi haqidagi yangilikdir.

Mashinaning "dodasi" qay biri?

GM Uzbekistan: Yangi narxlar "shapka"si bilanmi, "shapka"sizmi?

Oʻzbekiston va Qozogʻiston qoʻshma avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur guruhlarning rahbarlari uchun GM-Uzbekistan shirkati Askadagi ishlab chiqarish zavodiga safar tashkil qilgan.

Jurnalistlar Asaka zavodidagi ishlab chiqarish jarayonini oʻz koʻzlari bilan koʻrganlar.

Ishlab chiqarish korxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov zavod faoliyati bilan tanishtirib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytargan.

Xususan, jurnalistlar va blogerlar Oʻzbekistonda savdoga chiqariladigan avtomobillar narxlarining nega Rossiyadagidan qimmatligi haqida soʻraganlar.

"Bu holat qayta koʻrib chiqiladi, shunda narxlar Rossiya bozoridagi narxlar bilan deyarli bir xil boʻlib qoladi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi biz uchun ham manfaatli. Bu orqali ishimiz yengillashgan, turli gap-soʻzlarning oldi olingan boʻlar edi," deya janob Rajabovdan iqtibos keltirgan kun.uz web-sayti.

Bugungi kunda AQSh dollarining Oʻzbekistondagi "qora bozor"da shakllangan bahosi bilan solishtirganda Rossiyada sotilayotgan avtomobil narxi Oʻzbekistonda sotuvga qoʻyilgan narxidan qariyb ikki baravar arzonligini kuzatish mumkin.

Shu yil may oyi oxiridan Oʻzbekiston avtomobillari milliy valyutada sotilishi eʼlon qilindi.

Avtosalonlardagi narxlar "qora bozor"da shakllangan kursga bogʻlanishi kutilmoqda.

Shu kecha-kunduzda Toshkentda 1 AQSh dollarini 8400-8440 soʻmga sotib olishmoqda, dollarfurushlar 8470 soʻmdan sotmoqdalar.

Shuningdek, Asaka zavodiga sayohat payti Rustam Rajabov yaqin 1-2 yilda "Matiz" rusumidagi avtomobilni ishlab chiqarishni tugatish rejalashtirilayotgani haqida aytgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq