Dushanbeda CASA-1000 loyihasi muhokama qilindi

Tojikiston va Pokiston hayʼatlari muzokaralari
Image caption Tojikiston va Pokiston hayʼatlari muzokaralari

Poytaxt Dushanbeda Afgʻoniston, Tojikiston prezidentlari, Pokiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari elektr uzatish loyihasi - CASA-1000ning hayotga tatbiq etilishini muhokama etish uchun yigʻilganlar.

Tojikiston Pokistonning energetika bozoriga kirmoqchi

Atamboyevning CASA-1000 taqdimotiga bormasligi eʼlon qilindi

Tojikistonda CASA-1000 loyihasi ishga tushirildi

Yigʻilish arafasida Dushanbega safar qilgan Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ikki mamlakat oʻrtasdagi aloqalarni rivojlantirish va CASA-1000 loyihasi xususida soʻzlashgan.

Mazkur loyiha doirasida markaziy va janubi sharqiy Osiyo mamlakatlarini nafaqat elektr quvvati bilan taʼminlash, balki yangi ish joylarini yaratishga umid qilinmoqda.

Loyiha rejasi 3 yil avval tasdiqlangan, baʼzi maʼlumotlarga koʻra yanagi yili, boshqa maʼlumotlarga koʻra, 3 yildan keyin ishga tushishi rejalangan.

Dushanbeda yigʻilgan toʻrt davlat rahbarlari birgalikda CASA-1000ni ilgari surish yoʻllarini mubohasa etganlar.

Xususan, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon qurilish ishlari rejadagidan ortda qolayotganini tanqid qilgan.

Rejaga koʻra, ushbu tizim ishga tushgan vaqti Tojikiston va Qirgʻizistondan elektr energiyasini Afgʻoniston va Pokistonga doimiy ravishda yetkazish imkoniyati yuzaga keladi.

Jahon Banki moliya ajratgan va loyihani qoʻllamoqda.

Uchrashuvda elektr energiyasi savdosi va iqtisodiy hamkorlikdan tashqari, mintaqaviy xavfsizlik va tahdidlar masalasida ham soʻz borgan.

Dushanbeda, shuningdek, Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif va Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani yakkama-yakka uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar borasida muloqot qilishlari rejalangan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq