Videodastur - Doʻstum, Ato Nur va Muhaqiq Afgʻonistonni "qutqarishmoqchi"?!.

Yangi koalitsiya Image copyright facebook

Afgʻonistondagi uch yirik: "Milliy Islomiy Uygʻonish", "Islomiy Jamiyat" va "Milliy Vahdat" partiyalari kuni-kecha Turkiyada asos solgan yangi siyosiy ittifoq xuddi shu maqsadni koʻzda tutgan.

Ular shu ittifoq vositasida oʻzlari ham aʼzosi boʻlgan milliy birdamlik hukumatini bosqichma-bosqich isloh qilish, qulashdan asrab qolish maqsadida ekanliklarini bildirishgan.

Videomuloqotimizni tomosha qiling.

General Abdulrashid Doʻstum nima qilmoqchi?

General Doʻstum ketdi, ammo "qaytadi"

Bu uch partiya rahbarlari esa, Afgʻoniston birinchi vitse-prezidenti, ijroiy raisi ikkinchi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri va Oʻzbekistonga bevosita chegaradosh shimoliy Balx viloyatining qudratli hokimi boʻlishadi.

Ammo yangi siyosiy ittifoq allaqachon Afgʻoniston ichkarisi va tashqarisida qarama-qarshi munosabatlarga sabab boʻlib ulgurgan.

Bir tomon nazdida, u Afgʻonistonning foydasiga xizmat qiladi. Yirik siyosiy partiyalarning bir yoqadan bosh chiqarishi - islohotlarga tezroq qoʻl urishi uchun prezident Gʻaniyga siyosiy bosimni kuchaytiradi.

Yangi siyosiy koalitsiya tanqidchilariga koʻra, u vaziyatni yanada izdan chiqarib, siyosiy tanazzul va hatto, fuqarolar urushiga yetaklashi mumkin.

Shunday ekan, qay bir taraf oʻz bahosida haq?

Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimiz xuddi shu haqda. Nazardan qochirmang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq