Tramp Shimoliy Koreyani ogohlantirdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp

AQSh Prezidenti Donald Tramp qitʼalararo ballistik raketasini sinovdan oʻtkazgani uchun Shimoliy Koreyaga nisbatan "anchayin jiddiy" javob qaytarish ustida bosh qotirayotganini aytgan.

"Ular juda-juda xatarli usulda va bunga javoban nimadir qilish kerak boʻlgan yoʻlda oʻzlarini tutmoqdalar", deb aytgan Prezident Tramp.

Tafsilotlari videolavhamizda

Shundan keyingi Prezident Trampning jumlalari ohangi oʻzgargani kuzatilgan.

Shimoliy Koreya AQShga ham yetib boradigan ilk raketasini sinagan

Shimoliy Koreya yadroviy urushga tayyor

Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan oʻtkazdi

"Biz kelayotgan haftalar va oylarda nimalar yuz berishiga qarab turamiz", deb aytgan AQSh prezidenti.

4 iyul kuni Pxenyanning AQShning Alyaskasigacha yetib boroladigan qitʼalararo ballistik raketani sinovdan oʻtkazgani xabarlari tarqaldi.

"Menda biz oʻylab turgan anchayin jiddiy narsalar bor. Bu biz oʻsha narsani qilamiz deganini anglatmaydi", degan Donald Tramp.

Boshqa davlatlar Pxenyanning "oʻzini juda-juda yomon tutayotgani"ga qarshi chiqishlari kerak, degan u.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Polsha poytaxti Varshavada Prezident Andrey Duda bilan qoʻshma matbuot konferentsiyasi payti gapirgan.

Janob Tramp Yevropaga safarga chiqqan, 7 iyul kuni Germaniyada yirik 20 lik rahbarlari sammiti rejalangan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq