Tramp Rossiyaga: "Ukrainani beqarorlashtirishni toʻxtating!"

Tramp Image copyright AFP
Image caption AQSh prezidenti

AQSh prezidenti Rossiyani Ukraina va boshqa davlatlarda "beqarorlashtirish amallarini" toʻxtatishga chaqirgan.

Shuningdek, u Rossiyadan Suriya va Eron kabi "dushman davlatlarni" dastaklamaslikni, qaytaga "masʼuliyatli davlatlar jamoasiga" qoʻshilishi kerakligini urgʻulagan.

Tramp Shimoliy Koreyani ogohlantirdi

Tramp chiqishida havoga Rossiya bayroqlari uloqtirildi

"Tramp Komidan Rossiya boʻyicha tergovni toʻxtatishni soʻragan"

Tramp Rossiya bilan ishlashni istaydi

Tramp Putindan "ajoyib maktub" olgan

Kreml Trampning bu chiqishini rad etgan.

Image copyright Getty Images
Image caption "Ukrainani tinch qoʻying"

Prezident Tramp Hamburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk bor uchrashadi.

Tramp uchun bu uchrashuvlar yengil kechmaydigan koʻrinadi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel ham AQSh prezidenti bilan iqlim ilishi borasida qarama-qarshi fikrlarga ega.

Iqlim ilishi boʻyicha Parij shartnomasini AQSh oʻtgan oy tark etgan edi.

Yirik yigirmalik davlatlarining sammitida norozilik namoyishlari 100 mingga yaqin odamlarni jalb qilishi taxmin qilinmoqda.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq