Oʻzbekistonda "nopok sudyalar qutilari" boʻladi

Murojaatni Oʻzbekiston Oliy Sudi raisi Kozimjon Komilov oʻqib eshittirgan Image copyright Mtrk.uz
Image caption Murojaatni Oʻzbekiston Oliy Sudi raisi Kozimjon Komilov oʻqib eshittirgan

Oʻzbekiston sudyalari murojaatnoma qabul qilganlar.

Toshkentdagi "Turkiston" saroyida hakamlarning murojaatini Oʻzbekiston Oliy Sudi raisi Kozimjon Komilov oʻqib eshittirgan.

Oliy Sud raisi Mirziyoyevni eshitmadimi?

Prezident Mirziyoyev sud tizimini qattiq tanqid qildi

Mirziyoyevga qarshi sabotaj?

Murojaatnomada Oʻzbekiston sudyalari bundan keyin pok-halol boʻlishga, adolatli hukmlar chiqarishga vaʼda berganlar.

Bundan keyin har bir sud binosida alohida quti osiladi, shu yerda ishlaydigan hakamning faoliyatidan norozi boʻlgan oʻzbekistonliklar sudya ustidan oʻz shikoyatini oʻsha qutida qoldirishlari kerak boʻladi.

Bu qutini faqat Oʻzbekiston Prezidenti devoni va Sudьyalar kengashi aʼzolarigina ochib oʻqishlariga izn beriladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq