Oʻzbekiston: pasport tizimi qoidalarini buzganmisiz?

Surat Ikromov Image copyright courtesy

U holda Toshkentdan olingan mana bu rasmiy xabar siz uchun muhim boʻlishi tayin.

Ayon boʻlishicha, Oʻzbekistonda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori kamaytiriladi.

Endilikda qoidabuzarlarning eng kam ish haqining yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima toʻlashlariga toʻgʻri keladi.

Bunga qadar ushbu qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida edi.

Soʻnggi yangilikka poytaxt Toshkentdan huquq faoli Surat Ikromov munosabati.

Eski pasport bilan Oʻzbekistonga qaytish mumkin

Oʻzbekiston pasporti qanchalik qudratli?

Pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan;

Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi;

Shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yoʻqolishi;

Endilikda eng kam ish haqining yarim baravaridan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bunga qadar ushbu qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida edi.

Amalda boʻlib kelgan jarima miqdori, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalar uchun ogʻirlik qilayotgani xabar qilingan.

Endi esa, prezident tomonidan 13 iyunda imzolangan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02