Oʻzbekistonliklar dunyodagi eng xushchaqchaq uchta xalqdan bittasi?...

Dilorom Ishoqova Image copyright courtesy

Bu kabi xulosaga Amerikaning "Gallup" omma fikrini oʻrganish markazi kelgan.

Markaz oʻzining yangi soʻrovi doirasida dunyoning 142 davlatini qamrab olgan.

Baxtiyorlik bobida oʻzbekistonliklar shuncha davlat orasidan uchinchi oʻrinni egallashgan.

Toshkentdan muxolifat faoli Diloram Ishoqov

"Oʻzbekistonliklar oʻtayotgan yildagi hayotlaridan mamnun"

O'zbekistonliklar hayotidan qanchalar mamnun?

Oʻzbek erkaklari oʻz soʻzlarini aytishdi

Soʻrov ishtirokchilaridan, deylik, "kecha qancha koʻp kuldingiz?" va yo "kecha koʻp qaygʻu chekdingizmi?", degan savollar ham soʻralgan.

Ayon boʻlishicha, oʻzbekistonliklardan aksariyati kayfiyatlari xush ekanini aytib, javob berishgan.

Paragvay va Kosta-Rika xalqi esa, dunyodagi ikkita eng shodmoni boʻlib chiqishgan.

Oʻzbekistonliklar uchinchi oʻrinni yana Filippin va panamaliklar bilan boʻlishishgan.

Sobiq Shoʻro davlatlari orasidan faqat Oʻzbekiston yuqori oʻnlikka kirishga muvaffaq boʻlgan.

Ayon boʻlishicha, iqtisodi uncha ham gullab-yashnamagan davlatlar aholisi eng baxtiyorlari boʻlib chiqishgan.

Mualliflar nazdlarida, bunga oʻsha xalqlar madaniyatining taʼsiri ham boʻlishi mumkin.

Ularga koʻra, bundan tashqari, yaxshi qarindosh-urugʻchilik va qoʻni-qoʻshnichilik aloqalari ham odamlarning xush kayfiyatida ozmuncha rol oʻynamagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq