Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga sobiq harbiylar jalb etilmoqda

Toshkent

Oʻzbekistonda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib sobiq harbiy tayinlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5 iyuldagi farmoniga muvofiq, mamlakat mudofaa vaziri sobiq muovini ushbu lavozimni egalladi.

Muzaffar Saliyev Oʻzbekiston Mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.

Oʻzbekiston Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi shaxsan prezident Mirziyoyev farmoni bilan aprel oyida tashkil qilingan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Kommunal toʻlovlar oʻrtacha maoshning necha foizini tashkil etadi?

Oʻzbekistonda yana kommunal toʻlovlar, yoʻlkira qimmatladi

Toshkentda kommunal xizmatlar narxi yana oshmoqda

Birinchi vazir Erkin Iskandarov nega vazifasidan chetlatilgani sababi rasman "boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan" izohlangan.

Ammo 4 iyul kuni shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligi ostida maxsus yigʻin oʻtkazilgan.

Xabarlarga koʻra, unda sohada vazirlik rahbariyati tomonidan yoʻl qoʻyilgan "jiddiy kamchiliklar" haqida soʻz borgan.

Xuddi shu yangilik ortidan, Shavkat Mirziyoyev mamlakat kuch tizimlari isteʼfodagi xodimlarini ayni shu tizimda ishlashga ragʻbatlantiruvchi yangi bir farmoyishni imzolagan.

Ular Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat Bojxona qoʻmitasi va MMX nafaqadagi xodimlarini koʻzda tutgan.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida ishlashsa, nafaqalari shu holicha saqlab qolinishi ham aytilgan.

Prezidentning yangi farmoyishida ayni imtiyozning shu yil 1 avgustidan kuchga kirishi bildirilgan.

Mustaqil Oʻzbekiston tarixida hali bunaqa voqeʼlik kuzatilmagan.

Yaqinda Xalqaro Press-klubda boʻlib oʻtgan yigʻinda esa, masʼullar aholi va yuridik shaxslarning kommunal toʻlovlar boʻyicha umumiy qarz miqdori 5 trillion soʻmdan ortishini maʼlum qilishgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq