Benzin taqchilligidan kim manfaatdor?

Benzin yoʻq deya yopilgan AYoQSh Image copyright FACEBOOK
Image caption Benzin yoʻq deya yopilgan AYoQSh

Oʻzbekistonda gʻalla oʻrim-yigʻimi avjiga chiqqan kunlarda yana yoqilgʻi taqchilligi yuzaga kelgan.

Bu koʻp sondagi texnika vositalarining donni yigʻish va omborlarga jamlash ishlariga jalb etilganidan tashqari benzin va dizel yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanadiganlarning defitsit kunlarida daromadlarini koʻpaytirib olish istaklari bilan ham bogʻliq.

Yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi

Neftegazga 4 yilda 30 milliard dollar

"Toshkentda benzin taqchilligi uzoq davom etadi"

Shu kunlarda respublikaning deyarli barcha viloyatlarida, hatto Toshkent shahridagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida taʼminot uzilgani kuzatilmoqda.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida AYoQShlar yaqinida uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelgani aks etgan fotosuratlar koʻpaygan.

BBCning Andijon viloyati Asaka shahrida istiqomat qiladigan muxlisi shunday yozadi:

"Mana necha kundan beri "Oʻzbekneftgaz"ga tegishli AYoQShlarda juda katta navbat muammo. Yoqilgʻi kamchiligida kimga murojaat qilishni va kimga bu masalada yordam soʻrashni ham bilmayapmiz. Har kuni ertalabda AYoQShga chiqib, "benzin bugun boʻladimi", deb savol bersam, "bilmaymiz, qoʻqqisdan kelib qolyapti, qay paytda qancha kelishini biz ham bilmaymiz", degan bahonalar aytishadi. AYoQShning sal narirogʻida esa kecha-yu kunduz benzin bor, faqat narxi 1 litri 4000 soʻm. Kechki soat 22:00 dan keyin agar tanishingiz boʻlsa, AYoQShdagilar bilan kelisha olsangiz, istaganingizcha benzin quyib olishingiz mumkin".

Siz oʻzingiz yashayotgan joyda benzin taqchilligiga duch kelayapsizmi?

Foto va videolaringizni BBC bilan boʻlashing!

  • BBC Oʻzbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viberdagi telefoni: +44 7858860002

Bu mavzuda batafsilroq