Video - Polshaning birinchi xonimi ham Trampni xijolatda qoldirdi

Tramp Image copyright AFP

Agata Kornxauser-Duda AQSh prezidentining oʻziga uzatgan qoʻlini havoda muallaq qoldirdi.

Shu kunlarda turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlarida aksariyatning eʼtiborini oʻziga tortayotgan voqea Varshavada yuz berdi.

Siz ham tomosha qiling.

Tramp Rossiyaga: "Ukrainani beqarorlashtirishni toʻxtating!"

Yuqori yigirmalik davlatlarining Gamburg sammitiga ketishda prezident Donald Tramp rafiqasi bilan Polshaga qoʻnib oʻtadi.

Har ikki davlat rahbarlari uchrashayotgan paytda esa, Polshaning birinchi xonimi avvaliga Melaniya bilan qoʻl siqishishni afzal biladi.

Uzatgan qoʻli havoda muallaq qolganidan qanchalik sarosima va taajjubda ekanini esa, bir necha soniyaga boʻlsin, prezident Tramp yashirishning uddasidan chiqa olmaydi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq