Poytaxtda qurilishi rejalangan "Toshkent city" loyihasi

ToshkentboshplanLITI Image copyright ToshkentboshplanLITI

Loyiha qiymati 1 milliard dollarga baholangan. Qurilish ishlari kelasi yili Toshkentdagi "Oʻqchi Olmazor" massivida boshlanishi aytilmoqda.

"ToshkentboshplanLITI" Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgani aytilayotgan loyihaga nisbatan tanqidlar ham bildirilmoqda.

Loyiha videosini YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Tanqidchilarga koʻra, shisha bilan qoplanadigan binolar Ostona va Ashxoboddagi urilish obʼektlarining aynisi boʻlib qolgan.

"Toshkent city" loyihasi Shavkat Mirziyoyev tomonidan vaqtincha prezident vazifasini bajargan vaqti eʼlon qilingan edi.

Zamonaviy shaharni qurish uchun 1 milliard dollar mablagʻ tadbirkorlar va banklardan olinishi bildirilgan.

Umumiy maydoni 70 gektar boʻlgan yangi ishbilarmonlik markazida biznes markazlar, mehmonxona va restoranlar, xiyobon va texnoparklar barpo qilinishi moʻljallangan.

"Toshkent odam emas, mashinaga qulay shahar"

Shomahmudovlar haykali yana Toshkent markaziga qaytmoqda

Toshkent xalqasi boʻylab tezyurar poyezd qoʻyiladi

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq