Oʻzbek qorisi xalqaro matematika olimpiadasi gʻolibi

Ubay qori Image copyright Facebook

11 yoshli qori Ubay Yahyoyev Bolgariyaning Nesebr shahrida oʻtgan "Chegarasiz matematika-2017" matematika boʻyicha xalqaro olimpiadasi gʻolibi boʻlgan.

Toshkentdagi Xoʻja Alambardor masjidi imom-xatibi noibi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajidning oʻgʻli Ubay Yahyoyev 11 mamlakatdan kelgan 1200 nafar kuchli matematiklar orasida oʻz yoshi boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

"Nima uchun oʻqituvchi koʻcha tozalashi kerak?"

Oʻzbek senatori: Birorta oʻqituvchi majburiy mehnatdan shikoyat qilmagan

Prezident Mirziyoyevning "Mard oʻgʻlonlar"i nimaga dalolat qiladi?

Bilimi pastlar 62 ming dollar toʻlab oʻqishi mumkin

Jizzaxlik tadbirkor 22 yoshida vazir oʻrinbosari boʻldi

Oliy taʼlim: Oʻzbekistonning nega dunyoda oʻrni yoʻq?

Image copyright Facebook

Bu haqda Ubay qori oilasi doʻsti "Qaqnus media" nashriyoti direktori Mubashshir Ahmad Facebook dagi sahifasida maʼlum qilgan.

"Toshkentdagi "Erudit" xususiy maktabida tahsil olayotgan oʻn bir yoshli Ubay sakkiz yoshida Qurʼoni karimni mukammal yodlagan hofizi Kalomulloh. Rus, ingliz va frantsuz tillarini juda yaxshi biladi", - deb yozadi muallif.

Ubay qori 8 yoshida Qurʼoni karimni toʻliq yodlab va qiroati bilan marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhummad Yusuf eʼtiboriga tushgan edi.

Ubay qorining dadasi Husaynxon qori avvaliga kamtarlik qilib ushbu xabarning oshkor boʻlishini istamagan.

"Bu xabar qolganlarga oʻrnak, ilm toliblariga turtki, din va dunyoni ajratadiganlarga saboq va "chalamulla" deya kamsitayotganlarga javob boʻlishini oʻylab Husaynxonni koʻndirdim. Ubay qori Husaynxon qori oʻgʻli xalqaro matematika olimpiadasining oltin medali sohibi! Buxoriylarning zamonaviy avlodi mana shunday boʻladi", - deb yozadi Mubashshir Ahmad.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq