Internetda shov-shuv: "Bunaqa qorin raqsi" – oʻzbek xalqining obroʻsini toʻkadi"mi?

Toshkent

Yoshgina oʻzbek yigiti arabcha "Habibiy" ashulasiga tushgan "qorin raqsi" oʻn minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan koʻrilgan.

"Instagram" da esa, mazkur videolavha yuzlab gʻazabnok va haqoratomuz izohlarga sabab boʻlgan.

Bir guruh yigit va qizlar raqsga tushayotgan videolavhaning aynan qayerda olingani maʼlum emas.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" telekanalida "katta oʻzgarishlar" vaʼda qilmoqda

Mirziyoyev Komsomolni tiklamoqdami?

Uning qanaqa tadbir boʻlgani haqida ham maʼlumotlar imkonli emas.

Uch daqiqadan salgina ortuvchi videolavha @qizilolma guruhi tomonidan joylangan.

Bu guruh, "Telegram" va "Instagram" da eng shov-shuv boʻlgan video, rasm va xabarlarni yuklab boradi".

Taʼkidlash joiz, oʻzbek yigitlarining "qorin raqsi" tushayotgani aks etgan bu kabi videolavha internet fazosida deyarli boʻy koʻrsatmagan.

Aksariyat internet foydalanuvchilari ularni haqoratga koʻmib tashlashgan.

Bu kabi insonlar oʻzbek xalqining obroʻsini toʻkishini aytishgan.

Foydalanuvchilar orasida bu yigitning raqs ixtiyorini himoya qilganlar ham bor.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq