Mirziyoyev: "Qishlogʻimda ham har kuni gaz, svet boʻlmaydi"

Mirziyoyev Popdagi briket ishlab chiqaruvchi zavodni borib koʻrgan Image copyright President.uz
Image caption Mirziyoyev Popdagi briket ishlab chiqaruvchi zavodni borib koʻrgan

Namanganga borgan Mirziyoyev u yashagan qishloqda ham har kuni gaz va chiroq boʻlmasligini aytgan. Prezidentning taʼkidlashicha, qarindoshlari unga "qani, kattakon gazsiz, svetsiz 2-3 soat oʻtirib koʻring deydi".

Videoni tomosha qilish uchun YouTube linkini bosing

Namanganga borgan Prezident Mirziyoyev Popda ochilgan briket ishlab chiqaruvchi zavod haqida gapirgan.

Prezidentga koʻra, briket koʻmir va gazdan arzonga tushadi. Bu masala kichikdek koʻrinsa ham odamlarni qiynayapti, degan u.

"Men yashagan qishloqda ham har kuni gaz, svet boʻlmaydi. Qarindoshlarim qani, kattakon gazsiz-svetsiz 2-3 soat oʻtirib koʻring, deydi. Chidayman. Oyogʻimiz yerdan uzilmay qishloqning hayotini koʻproq bilsak, xatomiz kam boʻladi", - degan Mirziyoyev.

Oʻzbekistonda yana ikkita briket ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.

Ijtimoiy fikr: Gaz va elektr taʼminoti yaxshilandi

Nega davlat matbuoti gaz va chiroq muammolarini koʻtarmaydi?

"Chiroq yoʻq, gaz yoʻq. Har kim eplaganini qilib yashayapti"

Erta qish: Tappi narxi 3 mingga chiqdi

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq