Isroil gʻazabda, UNESCO Falastin foydasiga ovoz berdi

Xevron Image copyright AFP

Xalqaro jamgʻarma Xevron(al-Xalil)ning Eski Shahrini Falastinning jahon ahamiyatiga molik merosi, deb topdi.

Isroil ishgʻoli ostidagi Gʻarbiy Sohildagi Patriarxlar gʻorini ham xuddi shu talqin ostida oʻzining roʻyxatiga kiritdi.

UNESCO, bundan tashqari, ularni "yoʻqolib ketish xavfi ostidagi sathlar", deb ham rasman qayd etdi.

Patriarxlar gʻori Ibrohim alayhissalom, Sora, Ishoq va Yoqublar dafn etilgan sath boʻladi.

Ibrohimiy masjidi nomi bilan ham yuritiluvchi sath Yahudiylikda ikkinchi, Islomda esa, toʻrtinchi muqaddasi sifatida koʻriladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Isroil Falastin hukumatini tan olmaslikka chaqirmoqda

Tramp Falastin davlati gʻoyasidan voz kechmoqdami?

Sath uzoq yillardan buyon Falastin va isroilliklar orasida keskin qarama-qarshiliklar nuqtasi boʻlib keladi.

Isroil tomoni soʻnggi ovoz berishlarni ham qoralagan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur jamgʻarmasini "siyosiy vosita" boʻlishda aybladi.

Bunga javoban, Birlashgan Millatlar Tashkilotini moliyalashni yanada qisqartirishlarini vaʼda qildi.

UNESCO jamgʻarmasi esa, Isroilni bu sathlardagi "davomiy qazish, yerosti yoʻllari qurish va boshqa loyihalarini" toʻxtatishga chaqirdi.

Bu ishlarning barchasi xalqaro qonunlarga zid bir amallar ekanini bayon qildi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq