Uyqusizlikga aybdor oʻzimiz, oqibati esa halokatli boʻlishi mumkin...

Nuri qotilmi? Image copyright iStock
Image caption Nuri qotilmi?

Zamonaviy inson koʻproq ishlaydi, kamroq uxlaydi...sabab iqtisodiy va ijtimoiy bosimlar bilan bogʻliq ekan.

BBC bilan suhbatda nevrobiologiya va psixologiya fanlari professori Mett Uoker dunyoning qanchalar zoʻriqib borayotgani haqida soʻz yuritadi.

Bu zoʻriqish oqibati esa, olimga koʻra, halokatli boʻlishi mumkin.

Yomon uyqu tanaga zarar

Uyqu va xotira

Uyquning ozi yaxshimi?

"Oʻtgan 70 yil davomida insoniyat 20 foiz uyqusidan voz ketdi, bu hayratlanarlidir", deydi u.

Zamonaviy kishining uyqusizligi uchun bir necha sabab bor.

Kofein kishiga tetiklik bagʻishlaydi va bizga u lozim boʻlmagan paytda ham isteʼmol qilamiz.

Alkogol ichimliklar esa uyqu jarayonini bir necha boʻlaklarga boʻlib tashlaydi.

Inson ortiq bir maromda tush koʻrmaydi.

Bir tomondan inson normal uxlashi uchun hozir sharoitlar yaxshilangan.

Koʻrpa-toʻshak deganlari maxsus, ortopedik shakllarda, yotoqxonalarda ham havo aylanishi yaxshilangan, ammo professor Uokerga koʻra, bularning hech biri insonga yordam bermayotgan ekan.

"Mana konditsionerlaru isitish tizimini oling...Insonning organizmi quyosh chiqishi va botishida havo almashinishiga koʻnikkan. Bu tabiiy jarayon. Lekin biz oʻzimizni ana shu tabiiy jarayondan sunʼiy yoʻlda ihotalab olamiz. Havoning tabiiy ravishda ilishi va sovushi bizni qachon uxlashimiz, qachon uygʻonishimizni "aytib turadi".

Texnologiya, telefon, smartfon va...qotillik?

Image copyright iStock
Image caption Uyqu qochirish usuli...

Endi texnologiyalar haqida. Bular faqatgina koʻkimtir nur taratadigan, ayrim holatlarda chiroq rolini oʻtaydigan, "beozor" jihozlar emas.

"Ana shu koʻkimtir nur bizning tanamizda uyqu chaqiradigan gormon-melatoninni toʻxtatib qoʻyadi", deydi professor Uoker.

"Bundan tashqari, aynan shu texnologiya uyqu jarayonini orqaga suradi. Kechasi oʻzimizga, mayli, yana bitta xat yozay, bir Facebookni tekshiray, deymiz..."

Ana endi bu "uyquni orqaga surish" jarayoniga ertalab vaqtliroq turish anʼanasini ham qoʻshing!

Bizga iqtisodiy-ijtimoiy bosim kuchaygan...Kamroq uxla, koʻproq ishla qabilida munosabat tobora shakllanib bormoqda.

Obamadan, Trampdan oʻrnak oling, deyishadi bizga...Masalan, Margaret Tetcher!

Ularning bari u yoki bu maʼnoda "bizga normal dam olish uchun besh soat yetarli", degan daʼvoda boʻlishgan.

Ammo bu "normal" mi?

Image copyright iStock
Image caption Prezidentligida ham toʻqqiz soat uxlagan odam

"10 mingta ilmiy tadqiqotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, olti soat va yo undan kamroq uxlab, shunda ham sogʻligʻidan arz qilmagan odamlarning foizi nolga teng", deydi professor Uoker.

Uning aytishicha, yetti soatdan kam uyqu salomatlikka salbiy taʼsir qilar ekan.

"Rivojlangan davlatlardagi qotil-kasalliklar, masalan, Altsgeymer, saraton, semizlik, asabiy zoʻriqish (depressiya) asosida uyqusizlik bor".

Ehtimol, Jorj Bushdan oʻrnak olish kerakdir? U prezidentlik davrida ham kech soat toʻqqizda koʻrpasiga kirib olgan va toʻqqiz soatdan kam uxlamagan ekan...

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02