Chorak millionli tomoshabinga ega Henley Regattasi
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Chorak million tomoshabinga ega Henley Regattasi

Britaniyada navbatdagi Henley Regatta qayiqlar va yaxtalar poygasi festivali bo’lib o’tdi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

"Mening ismim Paul. Biz hozir Henley-on-Thames damiz.

Bu yerning aholisi 12000-13000 kishidan iborat.

Besh kun ichida qariyb chorak million odam Regatta festivalini tomosha qilishga tashrif buyirishadi va poyga tomoshasidan bahramand bo’lishadi".

Bu tadbir nafaqat qayiq va yaxtalar poygasi, balki odamlarning jozibali kiyinishlari bilan ham mashhur.

"Biz Frantsiyadanmiz. Bu yerga poygani tomosha qilish va Britaniya an’anasi bilan tanishsish uchun keldik".

"Bu - mening Buyuk Britaniyaga birinchi marotaba kelishim.

Regatta festivali aynan Britaniya an’anasini ko’rish imkoniyatini beradigan joy deb bilaman".

"Biz esa Londondanmiz. Bu bizning uchinchi yili Henleyga kelishimiz.

Henley Regatta bizga juda-juda yoqadi. U o’zining juda yaxshi xotiralari bilan bizga qadrlidir".

Siz yozgi dam olish kunlarini qanday o’tkazyapsiz?

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.