NYT: Trampning oʻgʻli Kreml odami bilan maxfiy uchrashgan

kichkina Tramp Image copyright Getty Images

Prezident Trampning katta oʻgʻli boshida qora bulutlar aylanmoqda. AQSh prezidentligiga saylov oldidan kichik Donald Trampning rossiyalik yurist bilan uchrashgani unga koʻngilsizliklar keltirishi mumkin.

New York Times gazetasining shanba kuni yozishicha, 2016 yil 9 iyunda boʻlajak Prezidentning oʻgʻli Donald Tramp-kichkina, kuyovi Jared Kushner va oʻsha vaqti saylovoldi shtabi boshligʻi Pol Manafort "Tramp-tauer" binosida rossiyalik Natalya Veselnitskaya bilan uchrashgan. Roʻznomaga koʻra, kasbi huquqshunos boʻlgan bu ayol "Kreml bilan bogʻliq".

Tramp Oq Uyda iftorlik bermadi

Tramp Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqini hayit bilan tabrikladi

Tramp Komini Kongressga yolgʻon gapirishda aybladi

Tramp FTB rahbarini isteʼfoga chiqargan

"Tramp Komidan Rossiya boʻyicha tergovni toʻxtatishni soʻragan"

Nashrning yozishicha, Veselnitsskaya uchrashuvda Demokratik partiyadan nomzod Xillari Klintonga nisbatan qorallovchi maʼlumotlar berishni vaʼda qilgan.

Donald Tramp-kichkina uchrashuv boʻlganini rad etmayapti. Biroq Klintonga nisbatan kompromatlar haqida oldindan hech qanday taklif olmagani va uchrashuvgacha rossiyalikning ismini ham bilmaginini aytgan. Uning taʼkidlashicha, Veselnitsskaya hech qanday "arzirli maʼlumot" berolmagan.

Biroq New York Times ning taʼkidlashicha, Donald Tramp-kichkina Veselnitsskaya boʻlishmoqchi boʻlgan maʼlumotlar otasining saylovoldi kampaniyasini qoʻllab quvvatlashga qaratilgan boʻlganini bilgan.

Gazetada aytilishicha, "Tramp Tauer"dagi uchrashuvni tashkillashtirgan noshir Rob Golstoun uning mavzusi haqida Tramp-kichkinaga elektron pochta orqali xabar bergan.

Amerikadagi prezident saylovi arafasida Tramp jamoasi va Rossiya hukumati oʻrtasidagi kelishuv boʻlganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yangi Prezidentning hokimiyat kelganidagi ilk besh oy davomida tinmadi.

Ayni damda Federal tergov byurosi va AQSh kongressi Rossiyaning prezident saylovoldi kampraniyasiga aralashuv ehtimolini surishtirmoqda. Ular Tramp jamoasidan biror kimsa Kreml bilan kelishuvga borganini aniqlashga harakat qilmoqda.

Veselnichkaya bilan "Tramp-tauer"dagi uchrashuv ushbu ehtimollarning ilk tasdigʻi boʻlib turibdi.

New York Times ning yozishicha, Natalya Veselnitsskaya Amerikaning "Magnitskiy qonuni" raqiblaridan biri va uni bekor qilish uchun harakat qilmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq