Mirziyoyev OʻzTV rahbariga: "Ozodbekka meshat qilma"

Ozodbek Nazarbekov Image copyright UzTV

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozodbek Nazarbekov haqidagi soʻzlari internetga sizdirilgan.

Videoni You Tube kanalimizda tomosha qiling.

Davlat rahbari "Kamolot" qurultoyidagi nutqida Ozodbek Nazarbekovni maqtab, MTRK raisi Xurshid Mirzohidovni "byurokrat"ligi uchun tanqid qilgan.

Mirziyoyev nutqining ushbu qismi UzTVda koʻrsatilmagan.

You Tubega joylangan videoda Prezident MTRK raisini Nazarbekovga "meshat qilmaslik" haqida ogohlantiradi.

U MTRKning "50 foiz" odamini qisqartirish" bilan tahdid qilgan.

Ozodbek Nazarbekov "Kamolot"ning 30 iyun kungi qurultoyida "Yoshlar" kanaliga rahbar etib tayinlangandi.

Ayni qurultoyda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining nomi "Yoshlar Ittifoqi" deya oʻzgartirilgan va uning yangi rahbari tayinlangan.

Prezident Mirziyoyev yangi tuzilgan yoshlar tashkilotiga qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzolagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02