"Matematika chempionini tarbiyalashda diyonatiga eʼtibor qaratdik"

Ubay qori oʻz yoshi boʻyicha xalqaro matematika olimpiadasida gʻolib boʻlgan
Image caption Ubay qori oʻz yoshi boʻyicha xalqaro matematika olimpiadasida gʻolib boʻlgan

Matematika olimpiadasi chempioni 11 yoshli Ubay qori Yahyoyevning otasi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid chempionni tarbiyalashda eʼtiborni diyonatiga qaratganini aytadi. Toshkentdagi Xoʻja Alambardor masjidi imom-xatibi noibi BBC Oʻzbek xizmati bilan suhbatda aytishicha, Ubay qori oddiy bola, ammo odobi bilan ajralib turadi.

11 yashar Ubay qori Bolgariyada boʻlib oʻtgan "Chegarasiz matematika-2017" matematika boʻyicha xalqaro olimpiadasida oʻz yoshi boʻyicha gʻolib boʻlgan.

Ubay qori bilan birga olimpiadada 38 nafar oʻzbekistonlik sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbek qorisi xalqaro matematika olimpiadasi gʻolibi

"Nima uchun oʻqituvchi koʻcha tozalashi kerak?"

Oʻzbek senatori: Birorta oʻqituvchi majburiy mehnatdan shikoyat qilmagan

Bilimi pastlar 62 ming dollar toʻlab oʻqishi mumkin

Jizzaxlik tadbirkor 22 yoshida vazir oʻrinbosari boʻldi

Ubay qori Yahyoyevning otasi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid, Islomda ilmlar dunyoviy va diniy turlarga ajratilmaganini aytadi. Ibn Sino, Beruniy va Xorazmiylarning arab tilida yozilgan kitoblarini oʻqigan ota farzandlariga ushbu olimlarga oʻxshashlik kerakligini uqtirib kelgan.

"Qurʼon ilmini egallagan odam, har qanday ilmni va tilni oson egallaydi", deydi u.

Ubay qori Yahyoyevning otasi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid bilan YouTube kanalimizda suhbatimizni tinglang.

Final bosqichida 11 mamlakatdan kelgan 1200 nafar kuchli matematiklar orasida jaʼmi 341 sovrindor aniqlangan.

Ubay Yahyoyevdan tashqari Ahmadjon Azimjonov, Yelizaveta Aripova, Baxtiyor Fayzullayev, Nigina Inoyatova, Dalyor Ismoilov, Kamal Rizayev, Saidakbar Umonbekovlar oʻz yoshlari boʻyicha oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq