Сотувчисиз дўконга тайёрмисиз?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Sotuvchisiz doʻkonga tayyormisiz?

Bu sotuvchilar uchun noxush xabar boʻlishi mumkin...

Shvetsiyadagi Wheelys shirkati xodimsiz savdoni yoʻlga qoʻygan bir necha shirkatdan biridir.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Wheelysning sotuvchisiz doʻkonlari 24 soat mobaynida ochiq, doʻkonlarda faqat kamera va mikrofon xaridorlarga qarab turadi.

Xaridor smartfonida sotib olgan narsalarini skan qiladi, pulini toʻlaydi va uyiga ketadi.

Shvetsiyadagi ilk doʻkon oʻtgan yili ochildi, yaqinda Shanxayda ham shunday magazin ish boshladi.

Amazon Go ham shunday doʻkonini yaqinda Sietl shahrida ochmoqchi.

Bu doʻkonda kompyuter nigoh va sensorlardan olinadigan maʼlumotlarga asoslaniladi.

Xaridorning Amazon hisobidan xarid puli "echib olinadi".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.