Gʻarbliklar tashlab yuboradigan eski kiyimlar Oʻzbekistonga ham yetib boradimi?

Image caption Gʻarbdagilar tashlab yuboradigan eski kiyimlar Oʻzbekistonga ham yetib boradimi?

Hech tashlab yuborilgan kiyimlar alal-oqibat nimalarga "aylanishi" va qayerlarga borishi haqida oʻylab koʻrganmisiz?

BBC muxbiri Shilpa Kannan ayni masalani oʻrgangan.

Hindiston fazoga sunʼiy yoʻldosh uchirdi

Hindiston: Bollivud, toʻy izquvarlari va "Mahatma Gandilar"

Gʻarb mamlakatlarida odamlar eski kiyimlarini xayriya tashkilotlariga topshirishadi.

Yoki ayrim tashkilotlar eshik tirqishidan maxsus paketlar tashlab ketishadi, keyin siz oʻzingizga kerak boʻlmay qolgan kiyim-kechaklar bilan bu xaltani toʻldirasiz.

Uyingiz tashqarisiga qoʻyib qoʻyasiz, tamom.

Xayriya tashkilotlari bu kiyimlardan yaroqlilarini ajratadi, muhtojlarga yetkazadi va yo sotib, xayriya amallarida ishlatadi.

Image caption Saralash

Ammo…yaroqsiz ahvolga kelgan kiyimlarga nima boʻladi?

Ularning aksariyati, yaʼni tonnalab Hindistonga joʻnatiladi.

Bu mamlakat yiliga milliardlab dona eski kiyimlarni oladi, sotadi va qayta ishlaydi.

Shimoliy Hindistonning Panipat shahri tashqarisida qatorlashib turgan yuk mashinalarini koʻrish mumkin.

Bularning bari eski kiyim-kechaklar bilan toʻlgan.

Image caption Bu adyolni koʻrganmisiz?

Hindiston eski jandalarni import qilish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.

Undan keyin Rossiya va Pokiston turadi.

Sotishga yaroqlik kiyim-kechaklar sotiladi, sotilmay qolganlari esa qayta ishlanadi.

Har uch tonna yaroqsiz kiyimdan 1.5 yarim tonna mato chiqadi.

Eski kiyim-kechaklardan adyollar ishlanadi.

Bu yangi adyollar keyin sotuvga chiqadi.

Asosan Afrika davlatlari xaridor, ammo Siz ham bir qarang, balki aynan shunaqa adyollar Markaziy Osiyo bozorlarida ham sotilayotgandir?

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.