Yongʻinda halok boʻlganlar Oʻzbekiston fuqarolari

Kolpinodagi yongʻin joyi Image copyright Press-clujba GU MChS Rossii po Sankt-Peterburgu

Rossiya Tergov qoʻmitasi Rossiyaning Leningrad viloyatidagi yongʻinda insonlar halok boʻlgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

12 iyuldan 13 iyulga oʻtar kechasi Leningrad viloyatining Kolpino shaharchasidagi sanoat korxonasida yongʻin kelib chiqqan.

Oʻzbekiston halok boʻlgan fuqarolarini keltirish uchun samolyot joʻnatdi

Rossiyada yana "oʻzbekistonliklar qurbon boʻlishgan"

Moskva: yongʻinda halok boʻlganlar mehnat muhojirlari

Rossiyadagi portlashda oʻzbekistonlik ham jarohatlangan

Tonggi soat 5 larga yaqin yongʻinni oʻchirishga muvaffaq boʻlingan va hodisa joyida yetti inson jasadi topilgan.

Leningrad viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga koʻra, yongʻinda halok boʻlgan insonlar MDH fuqarolari boʻlganlar.

Rasmiylar trotuar plitkasi ishlab chiqaradigan korxona ishchilari Oʻzbekiston fuqarolari boʻlganini xabar qilganlar.

Kolpinodagi korxonada oʻzbekistonliklar kunduzi ishlaganlar, kechqurun shu joyning oʻzida uxlaganlari aytilmoqda.

Dastlabki taxminlarga koʻra, yongʻin elektr qisqa tutashuvidan kelib chiqqan.

Tergov qoʻmitasi ehtiyotsizlik tufayli insonlar oʻlimiga sabab boʻlish bandi boʻyicha tergov harakatlarini boshlagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq