Erdoʻgʻon: YI Turkiyaning vaqtini isrof qilmoqda

Prezident Erdoʻgʻon intervyusi Image copyright BBC HARDTalk

Turkiyada uyushtirilgan davlat toʻntarishiga urinishning 1 yilligi arafasida Prezident Rajab Toyib Erdoʻgʻon BBCning HARDTalk dasturi boshlovchisi Zaynab Badaviyga intervyu bergan.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

"Agar Yevropa Ittifoqi Turkiyani aʼzo sifatida qabul qilolmasligini aytsa, bu qarordan Turkiyaning "koʻngli joyiga tushardi", deb aytgan Prezident Erdoʻgʻon.

"Turkiya ittifoqsiz ham oʻzining ikki oyogʻida tura oladi", deb aytgan u.

Turkiya qaysi yoʼlni tanlaydi?

Turkiya "ishga kirishdi"

Ovroʻpo Ittifoqi va Turkiya: munosabatlar taranglashmoqda

Erdoʻgʻon Yevropa Ittifoqiga tahdid qildi

Yevropa Ittifoqi bir necha oʻn yildan buyon Turkiyaning ittifoqqa aʼzolikka munosib emasligini aytib, oʻz shartlarini ilgari surib keladi.

Hozirga kelib turkiyaliklarning koʻpchiligi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlib kirishini istamaydi, deb aytgan janob Erdoʻgʻon.

U oʻtgan yilgi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishi ortidan Turkiyada soʻz erkinligiga hujum boʻlayotgani, 150 jurnalist hibsga olinganini rad etgan.

Hibsga olinganlarning jurnalistlarga aloqasi yoʼq, ular terrorchilarning hamkorlari, deb aytgan Prezident Rajab Toyib Erdoʻgʻon.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq