Mirziyoyev "mudrab yotgan" deputat va senatorlarni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Image copyright SENAT

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratiya qaror topmaganini eʼtirof etgan.

Videoni You Tube kanalimizda tomosha qiling.

Bu haqda u 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida qilgan nutqida gapirgan.

Mirziyoyevga koʻra, demokratiya hali parlamentning oʻzida ham mavjud emas.

Prezident Mirziyoyev sud tizimini qattiq tanqid qildi

Mirziyoyev 11 yillik taʼlimga qaytishni taklif qildi

Mirziyoyev haqida qoʻshiq kuylash taqiqlandi

"Demokratiya qayerdan boshlanadi - parlamentdan boshlanadi. "Parlament - demokratiya maktabi", deymiz. Shunday ekan, milliy parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi kerak. Bu borada siz, hurmatli deputat va senatorlar barchaga namuna boʻlishingiz zarur. Chinakam bahs-munozara, printsipial tortishuvlar avvalo shu yerda - parlament minbarida boʻlishi kerak. Shundagina har bir siyosiy partiya, parlamentdagi har bir partiya fraktsiyasining haqiqiy qiyofasi va pozitsiyasi aniq namoyon boʻladi", - deb aytgan Prezident.

U mavjud siyosiy partiyalarni "mudrab yotgani" uchun tanqid qilgan.

Prezidentga koʻra, deputat va senatorlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalariga ega boʻlishi kerak.

Mirziyoyev parlament majlislarini televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatishga ham buyruq bergan.

U siyosiy partiyalar rahbarlarining Prezident bilan uchrashuvini ham yoʻlga qoʻyishni taklif qilgan.

Ayni paytda siyosiy muxolifat faoliyatiga ruxsat beriladimi, yoʻqmi, qorongʻu qolmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq