Oʻzbekistonning eng asosiy yangiliklari - 13 iyul

Oʻzbekiston fuqarosi pasporti

Oʻzbekistonda xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi. Prezident Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzolagan. "Bir oy muddat ichida xorijga chiqish pasportini joriy etish muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlari nazarda tutilgan takliflar kiritilsin", - deyilgan prezident qarorida.

Oʻzbekistonning eng asosiy yangiliklari - 13 iyul

Oʻzbekistonda nima gaplar? 12 iyul

Oʻzbekiston yangiliklari 1 daqiqada - 11 iyul

Mehnat vazirligi oʻzbekistonliklarga Rossiyada 500-1100 dollarlik ishlarni taklif qilishni boshlagan. Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi yoʻnalishli avtobus haydovchilari, boʻyoqchi-suvoqchi, tikuvchi, tokar va slesarlarni ishga taklif qilmoqda. Ushbu vakansiyalar Oʻzbekiston Prezidenti Mirziyoyevning aprelda Rossiyaga tashrifi paytida imzolangan kelishuvga asosan eʼlon etilayotgani xabar qilinmoqda.

Yengil avtomobillarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlik subʼektlariga beriladi. Shu paytgacha Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifani kelgusi yil boshidan tadbirkorlarga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02