Uyda, toʻyda, azada xotiningiz ismini aytishning nimasi yomon?

Afgʻon ayollari Image copyright AFP

Afgʻonistonda kamdan-kam erkaklar oʻz ayollarini ismi bilan aytib chaqirishadi.

Xotin, onasi yoki falonchining opasi yoki singlisi, deyishadi.

Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda - nazardan qochirmang.

"Afgʻoniston - ayollar uchun eng xavfli mamlakat"

Afgʻonistonning birinchi xonimi nimalar qilmoqchi?

Hatto, toʻy taklifnomalari, qabr toshlarida ham kelin va ayolning oʻz ismi yozilmaydi.

Bu yerda falonchining xotini dafn etilgan, deb bitiladi.

Bu kabi holat shu kunlarda aksariyati xotin-qizlardan iborat Afgʻoniston tashqarisidagi qator faollarning noroziliklariga sabab boʻlgan.

Ular oʻz noroziliklarining ifodasi sifatida ijtimoiy muloqot tarmoqlarida maxsus kampaniyaga qoʻl urishgan.

Bu borada siz qanday fikrdasiz? Ayolni oʻz ismi bilan aytib chaqirsa nima boʻladi? Buning nimasi yaxshiyu nimasi yomon?

Sizningcha, nima uchun Afgʻoniston va aksariyat mintaqa davlatlarida bu kabi anʼana shakllangan?

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02