Oʻzbekiston: hukumat vaziri "Facebook" da oʻziga xos tashabbus bilan chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Image copyright official

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi oʻzbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil etish gʻoyasini oʻrtaga tashlagan.

Oʻzbekiston prezidentining sentyabr oyidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasiga tashrifini nazarda tutib, vazir Shavkat Mirziyoyevning "oʻsha yerda yashayotgan taniqli oʻzbeklar bilan uchrashuvini tashkil etishga urinib koʻrmaymizmi?", - deya savol tashlagan.

Uning "Facebook"dagi akkauntida yozishicha, shaxsan oʻzi 1999 yilda AQSh da Oʻzbekiston birinchi prezidenti bilan uchrashgan. Bu uning uchun juda katta tajriba boʻlgan.

"Shu bois ham, agar, shunga oʻxshash bir narsa uyushtira olsak, bu - oʻsha yerda yashayotgan fuqarolarimiz uchun ham esdan chiqmaydigan voqea boʻlardi", - deb bitgan Sherzod Shermatov.

Oʻzbekiston ham Tramp roʻyxatiga tushishi mumkinmi?

Biometrik pasport mashmashasi: "Amerika oʻzbeklari" muammolari

Biometrik pasport: Muhojirlar aro yo'lda

Bu - Shavkat Mirziyoyevning shu yil yanvar oyida rasman Oʻzbekiston yangi prezidenti sifatida qasamyodga keltirilishi ortidan Amerika Qoʻshma Shtatlariga qilajak birinchi safari boʻladi.

Sherzod Shermatov esa, shu yilning 2 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Uning yozishicha, ehtimoliy uchrashuv ishtirokchilari roʻyxatini tuzish uchun oʻziga koʻngillilar kerak boʻladi.

"Agar, katta sondagi taniqli oʻzbeklar roʻyxatini tuzishga muvaqqat boʻlishsa, soʻngra bu haqda Maʼmuriyatga xabar berishga harakat qilib koʻrishi"ni bildirgan.

"Facebook" foydalanuvchilaridan bu haqda biror gʻoya yoki takliflari boʻlsa, izoh sifatida qoldirishlari yoki shaxsan oʻziga yuborishlari mumkinligini aytgan.

Munosabat

Uning chop qilgan posti shu soatlarda 300 dan ortiq foydalanuvchi tomonidan "yoqtirilgan".

Qariyb 85 marta ulashilgan, yuzdan ortiq munosabatga sabab boʻlgan.

Bu xususda oʻz izohlarini qoldirganlarning barchasi vazir Sherzod Shermatov tomonidan oʻrtaga tashlangan mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatlashgan.

Agar, Vashingtondan "Amerika ovozi" radiosi muxbiri Navbahor Imomovaning taxminiy hisob-kitoblariga tayanilsa, oʻzbekistonliklari doxil Amerikadagi oʻzbeklarning taxminiy sonlari bugun qariyb chorak million kishiga yetadi.

Ulardan aksariyatini esa, Grin-karta yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashash huquqini qoʻlga kiritganlari tashkil etishadi.

Eng soʻnggida taʼkidlash joiz, marhum prezidenti Islom Karimovning chorak asrdan ortiq davom etgan boshqaruvi davrida rasmiy Toshkent global siyosatda "qudratlarga" nisbatan oʻzining beqaror tashqi siyosati bilan tanilib ulgurgan.

Hali muvaqqat prezident ekan, Oʻzbekistonning joriy rahbari Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat masalasida "marhum prezident Islom Karimov kontseptsiyasiga sodiq qolishlari"ni bayon qilgan.

Rasman ham Rossiya va ham AQSh bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik - oʻz tashqi siyosatlarida muhim ahamiyat kasb etib qolishini alohida tilga olib oʻtgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq