Futbol: Britaniyani yutgan oʻzbek shifokorlari yarim finalda

futbol Image copyright facebook.com/МФК-РСЦХ

Futbol boʻyicha tibbiyot xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Jahon chempionatida oʻzbekistonlik shifokorlar yarim finalga chiqishdi. Dunyoning kuchli 20 davlatidan kelgan jamoalar orasida Oʻzbekiston shifokorlari pley-offda Angliya termasini yutib asosiy sovrin uchun yurishni davom ettirmoqda.

Avstriyada oʻtayotgan Morell cup musobaqasi davomida Angliya darvozasiga yagona golni Nasriddin Hasanov kiritgan. Saralash bosqichida Oʻzbekiston 7 ochko toʻplagan holda guruhda birinchi oʻrinni olib chiqqan. Oʻzbekiston shifokorlari amerikalik hamkasblarini 4:1, Braziliyani 2:0 ga yutgan. Avstriya bilan 0:0 boʻlgan.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri futbol haqidagi savolga ham javob berdi

Futbol muxlislari: Babayan ketsin!

Futbol figʻoni: Haykal yo hayfsan?

Babayan ketmaydigan boʻldi

14 iyul kuni Oʻzbekiston finalga chiqish uchun Chexiya terma jamosi bilan oʻynaydi. Ukraina Shvetsiya bilan toʻqnashadi.

Chexiya terma jamoasi ushbu musobaqada favorit jamolardan biri hisoblanadi. Chexiya musobaqa tarixida toʻrt marta finalga chiqqan va 2 marta kubokni yutgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq