Tramp endi Frantsiya birinchi xonimi qomatini maqtab, tilga tushdi

Frantsiya Image copyright AFP

Rafiqasi bilan birga Frantsiya safarida boʻlgan Donald Tramp frantsuz prezidentining 64 yoshli ayoli Brijit Makronga "koʻrinishi chiroyli" ekanini aytgan.

Bunga qoʻshimcha, oshkora tikilgancha, uning qomatini ham "yaxshi", deya alohida maqtab oʻtgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Bu gal Polshaning birinchi xonimi Trampni xijolatda qoldirdi

Oʻz maqtovlarini yogʻdirganidan soʻng, rafiqasi Melaniya bilan unga borib, vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini ham tilab qolgan.

Frantsiya prezidenti esa, bularning barchasi qarshisida biroz noqulay qolgandek ham koʻringan.

Soʻngra 39 yoshli Frantsiya yangi prezidenti hamrohligida xonani tark etgan.

Ikki davlat rahbarlari uchrashuvlarining ayni shu lahzalari yetakchi Gʻarb davlatlari ommaviy-axborot vositalarining diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb etmay qolmagan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq