"Yunusobod bozorida goʻsht hamisha 20 mingdan boʻlgan"

goʻsht

Facebook ijtimoiy tarmogʻida mijozlardan biri Shavkat Mirziyoyev kelishi arafasida Yunusobod bozorida bir kilo mol goʻshti 20 ming soʻmdan sotilayotganini maʼlum qildi. Biroq bozor maʼmuriyati BBC bilan suhbatda maxsus rastalar goʻsht har doim 20 mingdan sotilib kelayotganini maʼlum qildi.

Potribitel.uz guruhida post qoldirgan mijozlardan biri Yunusobod bozorida bir kilo mol goʻshti 20 ming, qoʻy goʻshti 21 ming soʻmdan sotilayotganini yozdi.

"Prezidentni kutishmoqda. Bozorda soliq vakillari ham bor. Xaloyiq, arzon goʻshtga keb qoling", - deb yozdi u.

BBC Yunusobod dehqon bozori maʼmuriyati bilan bogʻlanganida goʻshakni koʻtargan xodim ushbu narxlarni tasdiqladi.

"Maxsus rasta va tadbirkorlar rastasi bor. Maxsus rastada mol koʻshti 20 ming soʻmdan sotilayapti, tadbirkorlar rastasida 29 ming soʻmgacha sotilyapti. Bemalol sotilyapti", - deydi u.

BBCga aytaman: Andijonda goʻsht narxi nega qimmat?

Oʻzbekistonda aholi yiliga qancha goʻsht yeydi?

"Xizmatlar narxi goʻsht qiymatida belgilansin"

"Odamlarning oxirgi marta qachon goʻsht yeganlari eslarida ham yoʻq..."

Xodimning aytishicha, maxsus rastadagi goʻsht har doim 20 ming soʻm atrofida boʻlgan. Unga koʻra, narxlarni soliq idorasi belgilab beradi.

Potribitel.uz guruhida izoh qoldirganlar bu kabi "koʻzboʻyamachiliklar" qachongacha davom etishi mumkinligini soʻrashgan.

Izoh qoldirganlar Toshkentdagi boshqa bozorlarda mol goʻshtining lahm joyi 41 ming soʻm ekanligini aytishgan.

Prezident Mirziyoyev 12 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan videoselektor davomida 15 iyulda Yunusobod tumaniga tashrif buyurishi haqida aytib oʻtgan.

Oʻzbekistonda davlat rahbari yoki obroʻli chet el delegatsiyalari tashrifi arafasida mahsulotlar narxini majburan tushirish holati oldin ham boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq