Ramzon Qodirov geylarni "shaytonlar", deb atadi

Ramzan Qodirov Image copyright TASS

Checheniston prezidenti uzoq yillar badalida ilk bor Gʻarb ommaviy-axborot vositalaridan biriga suhbat bergan.

Chechen rahbari bilan Amerikaning HBO kabel telekanali Sport boʻlimi muharriri Devid Skott suhbatlashgan.

Xuddi shu suhbat chogʻida Chechenistonda hamjinsbozlarning huquqlariga oid savol ham koʻtarilgan.

Chechenistonda geylarning qiynoqqa tutilib, oʻldirilayotganiga oid xabarlar yuzasidan izoh soʻralgan.

Prezident Qodirov "bularning barchasi behuda gap" ekanini aytgan.

Chechenistonda birorta ham gey yoʻqligini iddao qilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Checheniston "geylar genotsidi"da ayblanmoqda

Grozniyda Qodirov tarafdorlari namoyishga chiqishdi

"Agar, boʻlsa ham, qonimizni tozalash uchun ularni bizdan uzoqroqqa, Kanadaga olib keta qoling, alhamdilillah", - degan Qodirov.

Qodirov geylarni shaytonlar, deb atagan.

"Ular odammas. Bizga tuhmat qilishayotgani uchun ularga laʼnatlar boʻlsin", - deb aytgan.

Aprel oyida "Novaya gazeta" Chechenistonda ommaviy hibsga olishlar va qiynoqlar haqida xabar bergan.

Bir necha haftaning ichida gomoseksaul aloqada gumon qilinib, yuzdan ortiq erkakning hibsga olinganini daʼvo qilgan.

Yaqinda esa, "Novaya gazeta" 27 chechenistonlikning ism-shariflari bitilgan roʻyxatni chop etgan.

Ularning hibsga olinishlari ortidan, 26 yanvar tunida otib oʻldirilganliklarini iddao qilgan.

Chechen mulozimlari va mahalliy din peshvolari bu xabarlarga keskin munosabat bildirishgan.

Checheniston rahbari matbuot voizi Alvi Karimov ularni "mutlaq yolgʻon" ekanini bayon qilgan.

"Respublikada umuman boʻlmagan bir paytda, kimni, qanday qilib hibsga olish va taʼqib qilish mumkin"ligini aytgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq