Eron Prezidenti Ruhoniyning ukasi hibsga olingan

Husayn Feridun hamisha tanqid ostida boʻlgan Image copyright AFP
Image caption Husayn Feridun hamisha tanqid ostida boʻlgan

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Feridun hibsga olingan. Prezident ukasi moliyaviy firibgarlikda gumon qilinmoqda. Husayn Feridun garov evaziga ochiqlikka chiqish shartlarini bajarmagani uchun qamoqqa olingan.

Oldinroq u davlat sugʻurta shirkati menejerlarining maoshini koʻtarish mashmashasida ishtirok etgan rasmiylarga aloqador ekanligi aytilgan edi.

Ushbu mish-mishlar Prezident Ruhoniyni bir yildan ortiq tinch qoʻymaydi.

Mirziyoyev Ruhoniyni saylovdagi gʻalaba bilan tabrikladi

Eron saylovlari nima uchun muhim?

Eronda yangi prezident Hasan Ruhoniy qasamyodga keltirildi

Eronning ruhoniy rahbari Facebookni "yaxshi koʻradi"

Mahkama tizimi vakili Gʻulom Husayn Muhsinining aytishicha, Feridunga taalluqli bir qator surishtiruvlar oʻtkazilgan. Boshqa odamlar ham tergov qilnmoqda, ularning ayrimlari qamoqqa olingan.

"Kecha unga nisbatan garov evaziga ozodlikka chiqish hukmi chiqarildi. Biroq uning shartlarini bajara olmagani uchun qamoqqa olindi. Feridun garov pulini bersa ochiqlikda yurishi mumkin", - degan Gʻulom Husayn Muhsini.

Husayn Feridun aynan nimada gumonlanib hibsga olinganiga aniqlik kiritilmagan.

"Maosh mashmashasi" deb nomlanayotgan hodisa oʻtgan yilning may oyida boshlangan. Oʻshanda yuqori lavozimli menejerlarning oyliklari jamoatchilik uchung shaffof qilingandi. Ularning ayrimlari davlat ishlaridagi eng kam maoshdan 50 barobar koʻp oylik olayotgani maʼlum boʻlgan.

Ushbu mojaro Prezident Ruhoniy hukumati obroʻsiga katta zarba boʻldi.

Ruhoniy shu yilning may oyida ikkinchi muddatga Prezident etib saylandi. Saylovning ilk bosqichida 57 foiz ovoz toʻpladi.

Biroq saylovoldi kampaniyasi vaqtida korruptsiya borasidagi siyosati boʻyicha kuchli tanqidlarga uchradi.

Keskin oʻtgan televizion debatlarda Ruhoniy qarindoshlariga nisbatan korruptsion ayblovlar borasidagi tergovga toʻsiq qoʻyganlikda ayblangan edi.

Uning ayrim vazirlari noqonuniy importga bogʻliqligi va Prezident byudjet mablagʻlari bilan taʼminlangan jamoat obʼektlarini olganligi taʼkidlangan edi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq