Sher 10 yashar qizaloqni oʻldirdi

Image copyright PAULA FRENCH
Image caption Bu sherni odamzod oʻldirgan - Sesil yodingizdami?

Tunda tashqariga yozilgani chiqqan 10 yashar qizaloq sher nafsiga qurbon boʻlgan.

Fojea Zimbabvening qishloqlaridan birida roʻy bergan.

Bu haqda politsiya voizi Chronicle gazetiga hikoya qilgan.

Qizaloqning xolasi Michel Mucheni oʻz jiyanini sher qanday qilib chakalakzorga sudrab ketganini koʻrgan.

Image copyright AFP
Image caption Bunga oʻxshagan sher esa 10 yashar qizaloqni oʻldirgan...

Qizaloqning nimtalash jasadi uydan 300 metr uzoqlikda topilgan.

Fojea shanba kuni roʻy bergani aytilmoqda.

Zimbabvening shimoli-sharqida yirtqich hayvonlar va odamlar oʻrtasida bu kabi toʻqnashuvlar tez-tez roʻy berib turadi.

Oʻtgan oy daydi sherlar qishloqlardagi chorva mollariga hujum qilgan va mahalliy oqsoqollar yordam soʻrashgandi.

Zimbabve Parklari va Yovvoyi tabiat tashkiloti bu voqea yuzasidan hech qanday bayonot bergani yoʻq.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02