Dunyo, Oʻzbekiston va Rossiya qamoqxonalarida qancha mahbus bor?

Image copyright AFP
Image caption Finlandiyada islohotlar ish bergan

Rossiyadagi qamoqxonalarda 618 490 mahbus bor ekan, bu son Tyumen, Vladivostok, Maxachkala va yo Ulyanovsk shaharlarining aholisi bilan teng.

Oʻzbekistondagi qamoqxonalarda qancha mahbus saqlanishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo 2010 yil marhum prezident Islom Karimov oʻz chiqishlaridan birida mamlakatda har 100 ming kishiga 166 ariston toʻgʻri kelishini aytgan edi.

Zulm kechirilmaydi

"Alvido, "Jasliq"...

"Diniy" mahkamalar va qiynoqlar davom etmoqda"

Rossiya qamoqxonalardagi "aholisi" boʻyicha Yevropa davlatlari orasida birinchi oʻrinni egallaydi.

Ammo 2000 yildan beri Rossiyada sobiq Shoʻro davlatlarida boʻlgani kabi qamoqxonadagi mahbuslar soni qisqarib borayotgan ekan.

Yevropa qamoqxonalari "aholisi"

Qamoqxonalar tizimini isloh qilish eng mushkul amallardan sanaladi va hatto taraqqiy topgan davlatlar

ham ayni masalada yagona dasturamalga ega emas.

Image copyright Google maps
Image caption "Jasliq" qamoqxonasi

Masalan, Finlyandiyada 1971 yilda oʻgʻrilik qilganlarlarning 38 foiziga qamoq jazosi berilgan boʻlsa, mast holda mashina haydaganlarning 70 foizi ozodlikdan mahrum qilingan.

Moskvadagi Strategik Tadqiqotlar Markazi Germaniya, Angliya va Uelsdagi tizimlarni oʻrganib chiqqan.

Tadqiqot xulosalari:

1.Ozodlikdan mahrum qilish jinoyatchini "tuzatmaydi". Qamoqdan chiqqanlarning katta qismi takroran jinoyat sodir etadi va qamoqxonaga qaytadi.

2.Qamoqxonadan chiqqanlar jamiyatga yana qayta moslashishi qiyin boʻladi

3.Ana shu ikki xulosadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 1960 yillardan beri Buyuk Britaniya va AQSh sobiq mahbuslarni jamiyatdan uzoq ushlab turish maʼqul degan xulosaga kelishgan. Ularni qayta tarbiyalash fikridan deyarli voz kechishgan.

4.Finlandiya hukumati qamoqxonalar jinoyatchilik yetkazadigan zararni ozaytirmaydi deya jinoyatchilarni ozroq qamoqqa jazosiga hukm qilganlar.Qonunbuzarlarga qarshi koʻproq jarima va shartli qamoq jazolarini berishgan.

5.Jazo turlarini yumshatish jinoyatchilikning oshishiga olib kelmagani aniqlangan

Qamoqxonalar "aholisi" katta boʻlgan davlatlar

(Har 100 ming kishiga)

MamlakatQamoqxona "aholisi" (100 kishiga nisbatan) *

AQSh666

Rossiya428

Buyuk Britaniya363 (146)

Belorussiya314

JAR291

Isroil265

Turkiya254

Gurjiston254

Ozarbayjon239

Latviya221

Qozogʻiston202

Polsha195

Vengriya 185

Ukraina**167

Argentina167

Portugaliya135

Ispaniya130

Kanada114

Frantsiya***101

Yunoniston89

Shveytsariya82

Germaniya76

Norvegiya74

Niderlandiya61

Finlyandiya57

* 2017 yil maʼlumotlari (Rossiya, Buyuk Britaniya, Qozogʻiston,Turkiya, Latviya, Gurjiston, Polьsha, Ispaniya, Frantsiya, Portugaliya, Yunoniston, Finlandiya), 2016 y. (JAR, Ozarbayjon, Ukraina, Vengriya, Shveytsariya, Germaniya, Norvegiya), 2015 y.(AQSh, Isroil, Argentina, Niderlandiya), 2014 y. ( Belorusiya)

**Qrim borasida maʼlumotlar yoʻq, Ukraina bu yarimorolni ortiq nazorat qilmaydi

*** Frantsiya qamoqxonalariga doir statistik maʼlumotlarga Monako ham kiritgan, ikki davlat oʻrtasida bu masalada shartnoma bor.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq