Kechki ovqat ustidan eri xotinini oʻldirib qoʻydi

Qoʻl Image copyright courtesy

Mashʼum hodisa oʻtgan hafta Dehli yaqinidagi Gʻoziobod shaharchasida yuz bergan.

60 yoshli Ashok Kumar yarim kechasi, uyga mast holatda qaytadi.

Buning ortidan, xotini Rupesh Sinx ikkalasi qattiq tortishib qolishadi.

Erini sarxush holda koʻraverib, charchagan Rupesh uni insofga chaqirmoqchi boʻladi.

Politsiyaga koʻra, aksincha, eri unga zudlik bilan kechki ovqatni keltirishni buyuradi.

Tafsilotlari videolavhamizda.

Ayollarga munosabat Toshkent va Dehlida qanday farq qiladi?

Uch karra taloq: Hindiston ayollarining kurashi

Bundan hafsalasi pir boʻlib, jahli chiqqan er xotinini boshidan otib tashlaydi.

Rupesh Singxni zudlik bilan kasalxonaga eltishadi, ammo soʻngroq u jon taslim qiladi.

Eri qilgan qilmishiga iqror boʻlgan, hozir bundan afsus-nadomatda ekanini ham aytgan.

Soʻnggi oʻn yillikda maishiysi Hindistonda ayollar har yil eng koʻp toʻqnash kelayotgan zoʻravonlik boʻladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02