"Paxtadan voz kechish Mirziyoyev iqtisodi negizi boʻlishi kerak"

Yevropa ittifoqi bogʻdorchilikni rivojlantirish uchun 21,5 million yevro beradi Image copyright O'zbekiston TIV
Image caption Yevropa ittifoqi bogʻdorchilikni rivojlantirish uchun 21,5 million yevro beradi

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga bogʻdorchilikni rivojlantirish uchun 21,5 million yevro ajratadi. Ushbu kelishuv Oʻzbekiston yangi Prezidenti Mirziyoyev respublikada paxta yakkahokimligiga barham berish uchun bir necha ishoralar bergandan soʻng amalga oshmoqda.

17 iyul kuni "Oʻzbekiston - Yevropa ittifoqi" hamkorlik kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryusselga yetib kelgan.

Komilov Bryusselda YeI xalqaro hamkorlik komissiyasi rahbari Stefan Manservisi bilan Oʻzbekiston va Yevropa ittifoqi oʻrtasida "Bogʻdorchilikni rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolagan. Hujjatda Yevropa ittifoqi Oʻzbekistonga bogʻdorchilikni rivojlantirish boʻyicha 21,5 million yevro grant mablagʻlari ajratishi koʻrsatilgan.

Mirziyoyev: "Paxta ekib daromad koʻrmaslik - azob"

Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligidan qutulish boshlandimi?

"Paxta uchun pul bermasang ishdan haydalasan!"

O'zbek matbuotida majburiy paxta kampaniyasi tanqid qilindi

Nega O'zbek birjasida paxta tolasi bahosi yo'q?

Prezident Mirziyoyev Karimov lavozimiga oʻtirgan kunlaridanoq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni kamaytirishi borasida gapirgan.

Saylovoldi dasturida 2017-2020 yillarda paxta maydonlari bosqichma-bosqich qisqartirilishi koʻrsatilgan. Mirziyoyev paxtadan kam hosil ekuvchi minglab gektar maydonlarni qisqartirish haqida koʻrsatmalar bergan.

Biroq shunday boʻlsa-da, Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida bundan bir necha yil oldin paxtadan deyarli daromad koʻrmaydigan fermer dalalarining chetida tashkil qilingan bogʻlar oʻtgan 8 oy ichida butunlay buzilgan va uning oʻrniga qaytadan paxta va bugʻdoy ekilgan.

Toshkentdan Iqtisodchi Anvar Husainov paxtadan voz kechish siyosati Mirziyoyevning yangi iqtisodi asosi boʻlishi kerakligini aytadi.

Iqtisodchi Oʻzbekiston paxatadan voz kechsa 100 milliard dollar daromad qilishi mumkinligini urgʻulagan.

Husainov shu yil bahordan qishloq xoʻjaligi sohasida tubdan islohotlar boʻlib paxta maydonlari sezilarli qiqartirilishini kutganini aytadi. Biroq bunday boʻlmagan.

Iqtisodchi bilan suhbatimizni tinglashg uchun linkni bosing.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq